Yurak kasalliklaridan ogohlantiruvchi belgilar.

Yurak kasalliklaridan ogohlantiruvchi belgilar.

Quyidagi belgilarga o‘z vaqtida jiddiy ahamiyat berib, shifokor ko‘rigiga shoshsangiz, kutilayotgan yurak xastaliklarining oldini olasiz.

1. Charchoq. Endigina uyqudan turgan bo‘lsangiz ham, o‘zingizni tun bo‘yi mijja qoqmagandek tasavvur qilasiz. Ishga yetib olib, faqatgina dam olish xaqida o‘ylaysiz. Uyga esa zo‘rg‘a kelasiz-u o‘zingizni yotoqqa otasiz. Va kunlar o‘tgani sayin charchog‘ingiz ortaveradi.

Bu yurak faoliyatida yetishmovchilikdan darak. Charchoq miya, o‘pka va yurakda qon aylanishining susayganidan kelib chiqadi.

2. Kuchsizlik. Yurak xurujini boshdan kechirgan ko‘pchilik insonlar, bu hodisa yuz berishdan oldin hattoki bir varoq qog‘ozni ushlashga ham kuchlari yetmaganini aytishadi.

Bu yaqin soatlarda yoki daqiqalarda miokard infarkti yuz berishidan darak.

3. Harsillash. Agar 3-qavatga ko‘tarilish xuddi bir soatlik yugurish marafonidan keyingi harsillashni paydo qilsa yoki kichik jismoniy mashqlar bajarganda nafas siqilsa, kardiologga murojaat qilish vaqti keldi.

Qon aylanishining yomonlashuvi, uning o‘pkaga yetib borishini qiyinlashtirib, qisqa nafas olishni chaqiradi.

4. Sovuq ter. O‘tirgan joyingizda birdaniga xuddi 2 soat mashg‘ulotlar zalida mashq qilgandek, butun tanangizni muzdek ter qoplashni boshlaydi.

Yurak xuruji boshlanishidan oldingi ogohlantiruvchi belgi.

5. Tomir urishining tezlashuvi. Onda-sonda yuz beradigan tomir urishining tezlashuvi xavf tug‘dirmaydi. Tez-tez kuzatiluvchi tomir urib ketishi harsillash, bosh aylinishi va holsizlik bilan birga kuzatilsa, siz aritmiya kasalligiga yo‘liqqansiz.

Aritmiya kasalligi infarktning sababchisidir.

6. Ko‘krak qismida og‘riq. To‘satdan paydo bo‘ladi-yu xuddi shunday qaytib ketadi. Shuning uchun ko‘pchilik bunga ahamiyat bermaydi ham. Og‘riq qo‘l, bel, yelkagacha tarqalgandagina xato qilganlarini biladilar.

Yurak xuruji yaqinligidan ogohlantiruvchi eng keng tarqalgan belgi.

7. Shishib ketish. Oyoqlar shishib ketishi, shuningdek, ortiqcha vazn paydo bo‘lishi har doim ham semirish alomati emas. Yurak ham shu signallar orqali sizni ogohlantirishi mumkin. Shishlar paydo bo‘lganda ishtaha yo‘qolishi ham kuzatiladi.

Organizmdagi ortiqcha suyuqlik yurak yetishmovchiligidan darak.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x