Yunifloksinretsept bilan

Ftorxinolonlar tirishishga tayyorgarlik bo‘sag‘asini pasaytirishi mumkin.

Anamnezi tutqanoq xurujlari bo‘lgan patsiyentlarda levofloksatsinni qo‘llash mumkin emas va boshqa ftorxinolonlar kabi tirishish rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan, anamnezida bosh miyani shikastlanishi (bosh miyada qon aylanishini buzilishi, jarohat), shu jumladan tirishishga tayyorlik bo‘sag‘asini pasaytiruvchi preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak.

Levofloksatsin bilan davolash fonida tirishish xuruji rivojlangan hollarda preparat darhol bekor qilinishi kerak.

Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda levofloksatsin bilan davolash fonida gemoliz rivojlanishi mumkin.

Preparatni bunday patsiyentlarga buyurish zarurati bo‘lganida ularning holatini gemolitik reaktsiyalar rivojlanishi yuzasidan sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.

QT intervalini uzayishi (tug‘ma yoki orttirilgan, IA va III sinf antiaritmik preparatlar, tritsiklik antidepressantlar, makrolidlar qabul qilayotgan, elektrolit buzilishlari, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari) bo‘lgan patsiyentlarda levofloksatsin bilan davolaganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksatsin qabul qilgan patsiyentlarda QT intervalini uzayishi haqida xabar berilgan.

QT intervalini uzayishini rivojlanishining quyidagi ma’lum omillari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak: suv-elektrolit muvozanatining muvofiqlashtirilmagan buzilishlari (gipokaliyemiya, gipomagniyemiya); QT intervalini tug‘ma uzayishi sindromi; yurak kasalliklari (yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya); QT intervalini uzayishini chaqiruvchi dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish.

Keksa patsiyentlar va ayol patsiyentlar QT intervalini uzaytiruvchi preparatlarning ta’siriga sezgirroq bo‘lishlari mumkin.

Shuning uchun ularda ftorxinolonlarni, shu jumladan levofloksatsinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Mikroorganizmlarning ekilgan shtammlarining orttirilgan rezistentligining tarqalganligi geografik mintaqa va vaqt bo‘yicha farq qilishi mumkin.

Shuning uchun aniq mamlakatda mikroorganizmlarining rezistentligi haqidagi ma’lumot talab etiladi.

Og‘ir infektsiyalarni davolash yoki davolash samarasizligida qo‘zg‘atuvchini ajratib olish bilan mikrobiologik diagnoz aniqlanishi va uni levofolksatsinga sezgirligi aniqlanishi kerak.

Metitsillinga rezistent tillarang stafilokokk ftorxinolonlarga, shu jumladan levofloksatsinga rezistent bo‘lishining ehtimoli yuqori.

Shuning uchun metitsillinga rezistent tillarang stafilokokk chaqirgan aniqlangan yoki taxmin qilinayotgan infektsiyani, agar laborator test natijalari bu mikroorganizmning levofloksatsinga sezgirligini tasdiqlamagan bo‘lsa, davolash uchun levofloksatsin tavsiya etilmaydi.

Preparat infuziyasining tavsiya etilgan davomiyligi dozaga qarab 30 minutdan 60 minutgachani tashkil qiladi (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang).

Preparatning infuziyasi vaqtida taxikardiya va arterial bosimni (AB) yaqqol pasayishi kuzatilishi mumkin.

Agar preparat infuziyasi vaqtida AB ni pasayishi aniqlansa, infuziyani darhol to‘xtatish kerak.

Yunifloksin® infuziya uchun eritmasi preparati 100 ml eritmada taxminan 354 mg (15,4 mmol) osh tuzi saqlaydi.

Bu ma’lumotlarni osh tuzi cheklangan parhezga rioya qilayotgan patsiyentlarni davolanganda e’tiborga olish kerak.

Levofloksatsin hatto boshlang‘ich dozalarni qo‘llaganda jiddiy, potentsial o‘limga olib keluvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini (angionevrotik shish, anafilaktik shok) chaqirishi mumkin.

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi rivojlangan hollarda preparatni darhol bekor qilish kerak.

Levofloksatsinni qabul qilganda Stivens-Djonson sindromi yoki toksik epidermal nekroliz kabi og‘ir bullyoz teri reaktsiyalari holatlari kuzatilgan (“Nojo‘ya ta’siri” bo‘limiga qarang).

Teri va shilliq qavatlar tomonidan biron-bir reaktsiyalar rivojlangan hollarda patsiyentlar darhol shifokorga xabar berishi kerak.

Levofloksatsinni qo‘llaganda, ayniqsa og‘ir asosiy kasalligi, masalan sepsisi bo‘lgan patsiyentlarda jigar nekrozi, shu jumladan o‘limga olib keluvchi jigar yetishmovchiligi rivojlanishi haqida xabar berilgan.

Patsiyentlar anoreksiya, sariqlik, siydikni to‘qlashishi, qorinda qichishish va og‘riq kabi jigarni shikastlanishining belgilari paydo bo‘lgan hollarda davolashni to‘xtatish va darhol shifokorga xabar berish kerakligi haqida ogohlantirilishi kerak.

Bilvosita antikoagulyantlar, kumarin hosilalari bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarda qon ivishi ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang).

Ftorxinolonlar bilan davolash fonida kam hollarda rivojlangan tendinit paylarni, ayniqsa axill payinishi uzilishiga olib kelishi mumkin.

Bu nojo‘ya samara davolash boshlananidan keyin 48 soat davomida namoyon bo‘ladi.

Keksa yoshdagi shaxslar va glyukokortikosteroidlar qabul qilayotgan patsiyentlarda tendinit rivojlanishi xavfi pastroq.

Shuning uchun levofloksatsin bilan davolash vaqtida bunday patsiyentlarning holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.

Agar tendinitga shubha tug‘ilsa (patsiyentga uning simptomlari haqida xabar berish kerak), Yunifloksin® preparatini darhol bekor qilish va tegishli davolashni (masalan immobilizatsiya) boshlash kerak.

Yunifloksin® preparati bilan davolash vaqtida yoki davolashdan keyingi diareya (ayniqsa og‘ir, turg‘un va/yoki qon izlarini paydo bo‘lishi) Clostridium difficile chaqirgan kasallik simptomi bo‘lishi mumkin, uning og‘irroq shakli soxtamembranoz kolit hisoblanadi.

Agar soxtamembranoz kolitga shubha bo‘lsa, Yunifloksin® preparatini darhol bekor qilish va simptomatik davolashni (masalan peroral vankomitsin) boshlash kerak.

Bunday hollarda ichak peristaltikasini ingibitsiya qiluvchi preparatlarni qo‘llash mumkin emas.

P.

aeruginosa chaqirgan gospital infektsiyalarni davolash uchun majmuaviy davolash zarur.

Yunifloksin® preparati bilan davolash vaqtida va u yakunlangan keyin kamida 48 soat davomida fotosensibilizatsiya reaktsiyalari rivojlanishidan saqlanish uchun bevosita quyosh nurlari va sun’iy ultrabinafsha nurlardan saqlanish kerak.

Levofloksatsin asosan buyraklar orqali chiqarilganligi tufayli, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak; shuningdek dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin.

Peroral gipoglikemik vositalar (masalan glibenklamid) yoki insulin qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda levofloksatsinni qo‘llaganda gipo-/giperglikemiya rivojlanishi xavfi oshadi.

Preparatni qandli diabeti bo‘lgan patsiyentga buyurish zarurati bo‘lganida qon plazmasida glyukozaning kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak.

Ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksatsinni qabul qilayotgan patsiyentlarda sensor va sonsor-motor periferik neyropatiya kuzatilgan, uning boshlanishi tez bo‘lishi mumkin.

Patsiyentlarda neyropatiya simptomlari paydo bo‘lganda Yunifloksin® preparatini qo‘llash darhol bekor qilinishi kerak (qaytmas o‘zgarishlar rivojlanishi xavfini kamaytiradi).

Soxtaparalitik miasteniya (myasthenia gravis) bo‘lgan patsiyentlarda neyro-mushak blokadasi rivojlanishi mumkinligi tufayli, Yunifloksin® preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Postmarketing davrda miasteniyasi bo‘lgan patsiyentlarda ftorxinolonlarni qo‘llash bilan assotsiatsiyalangan noxush reaktsiyalar, shu jumladan o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasini talab etuvchi nafas yetishmovchiligi va o‘lim haqida xabar berilgan.

Miasteniya gravis tashhisi qo‘yilgan patsiyentlarda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Xinolonlarni, shu jumladan levofloksatsinni qo‘llaganda kam hollarda o‘z joniga qasd qilish fikri va o‘z-o‘ziga shikast yetkazish bilan kechuvchi hulq atvorni buzilishlariga avj oluvchi psixotik reaktsiyalar rivojlanishi haqida xabar berilgan (ayrim hollarda levofloksatsinning bir martalik dozasi qabul qilingandan keyin).

Bunday reaktsiyalar rivojlanganda Yunifloksin® preparatini darhol bekor qilish va tegishli davolashni boshlash kerak.

Psixozi bo‘lgan patsiyentlar yoki anamnezida ruhiy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Ko‘rishni har qanday buzilishlari rivojlanganda darhol oftalmolog konsultatsiyasi zarur.

Levofloksatsin bilan, ayniqsa uzoq vaqt davolash fonida sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni o‘sishi kuchayishi mumkin.

Superinfektsiya rivojlangan hollarda tegishli choralarni ko‘rish kerak.

Levofloksatsin Mycobacterium tuberculosis o‘sishini ingibitsiya qilishi mumkin, shuning uchun tuberkulyozga bakteriologik tekshiruv soxta manfiy natija ko‘rsatishi mumkin.

Yunifloksin® preparati bilan davolanayotgan patsiyentlarda siydikda opiatlarning soxtamusbat natijalari kuzatilishi mumkin.

Bunday hollarda spetsifikligi yuqori usullardan foydalanish kerak.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x