YUNG

YUNG, Yang Tomas (1773.13.6, Somerset grafligi, Milverton — 1829.10.5, London) — ingliz fizigi, vrachi va astronomi; yorugʻlik toʻlqin nazariyasini yaratuvchilardan biri. London va Qirollik jamiyati aʼzosi (1794), shu jamiyat kotibi (1802—28). London, Edinburg va Gyotting untlarida oʻqigan. London Qirollik intiprof. (180103). Fanda, asosan, fizik olim sifatida tanilgan. Koʻz akkomodatsiyasini taʼriflab bergan (1793), toʻlqinlar superpozitsiya prinsipini tavsiya etgan (1800). Birinchi boʻlib yorugʻlik interferensiyasini tushuntirgan (1801), «interferensiya» atamasini kiritgan (1803). Yung tajribasi deb ataluvchi tajribani oʻtkazgan (1802). Ultrabinafsha nurlar interferensiyasini kashf etgan (1803). Rangli koʻrish nazariyasini ishlab chiqqan va rangli nurlarning toʻlqin uzunligini oʻlchagan (1803) va h. k. Siljish deformatsiyasini oʻrgangan, Yung moduli (q. Elastiklik moduli) deb ataladigan fizik kattalikni kiritgan (1807).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x