YULDUZLI OSMON

YULDUZLI OSMON — tunda osmon gumbazida koʻrinadigan yoritqichlar toʻplami. Osmonning tungi yarmisida oddiy qoʻz bilan taxm. 2,5 mingta yulduzni (6yulduz kattaligigacha) koʻrish mumkin, ularning koʻpchiligi Somon Yoʻli va uning yaqinida joylashgan. Teleskopdan foydalanib koʻproq yulduzlarni koʻrish mumkin.

Osmon gumbazidan zarur yulduzlarni topishni osonlashtirish uchun Yulduzli osmonni har bir sohadagi eng ravshan yulduzlarini toʻgʻri chiziqlar bilan biror shaklga oʻxshatib xayoliy tushuntirib, yulduz turkumlari deb nomlanuvchi sohalarga taqsimlash mumkin q(. Yulduzlar). Turqumlarning nomlari qisman yunon afsonalari (mas, Andromeda, Persey, Pegas), qadimiy xalqlarning dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik (Hoʻkizboqar, Baliq, Quyon, Oʻqyoy) nomlari bilan bogʻlangan. Keyinchalik ularga texnika rivojlanishi bilan bogʻliq nomlar berila boshlandi (mas, Sekstant, Mikroskop). Hrzir jami 88 ta yulduz turkumlarining nomlari bor, ularning orasidagi chegaralar 1930-yilda Xalqaro astronomik kengash tomonidan tasdiqlangan. Yulduz turkumlaridagi ravshan yulduzlar, odatda, yunon harf va sonlari bilan belgilanadi. Ayrim yulduz turlari maxsus belgilarga ega (mas, oʻzgaruvchan yulduzlar kichik lotin harflari bilan belgilanadi). Bir qator yulduzlar xususiy nomlariga ega (Altoir, Arktur, Vega, Sirius). Yulduzlarning koʻpchiligi esa ushbu yulduz haqida maʼlumotlar berilgan jadval (katalog) nomi va undagi tartib soni bilan belgilanadi.

Yulduzli osmonda, yulduzlar toʻdasi, yulduz assotsiatsiyalari, galaktik tumanliklar, galaktikalar, kvazarlar, galaktikalar toʻdalari va boshqalarni; Quyosh sistemasiga kiruvchi jismlar: sayyoralar, sayeralarning yoʻldoshlari, kichik sayyoralar, kometalar, sunʼiy kosmik obyektlarni; Yer sunʼiy yoʻldoshlari va kosmik zondlargsh kuzatish mumkin. Yerning oʻz oʻqi atrofida, shu bilan birga, Quyosh atrofida aylanishi sababli, osmon gumbazining sutkalik koʻrinma harakatlanishi hamda Quyoshning yulduzlararo yillik koʻrinma siljishi tufayli Yulduzli osmon koʻrinishi muntazam oʻzgarib turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x