YOVVOYI ECHKILAR (Sarga) quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli hayvonlarning bir urugʻi. Qoʻylar urugʻi bilan birgalikda echkisimonlar kenja oilasi (Capravinae)HH tashkil etadi. Tuzilishi va yashash muhiti jihatdan qoʻylarga oʻxshaydi, lekin ulardan soqoli va takalarining dumi ustida sassiq hidli sekret chiqaradigan teri bezlari borligi, tuyoq orasi va koʻzoldi bezlari yoʻqligi, manglayi kengligi, dumining kaltaligi hamda dumi ostida yung boʻlmasligi bilan farq qiladi. Takasining shoxi yirik, shakli va tuzilishi xilmaxil. Urgʻochilarining shoxi kichik va deyarli bir xil. Yungi dagʻal qildan va qalin tivitdan iborat. Shim. Gʻarbiy Afrika, Yevropa va Osiyo togʻlarida 8 turi tarqalgan. Dengiz sathidan 5,5 ming m balandlikkacha koʻtariladi. Boʻgʻozlik davri 5 oy. May—iyunda 2 ta bola tugʻadi. Bolasi 2 yoshda voyaga yetadi. Goʻshti va terisi uchun ovlanadi. Qoʻlga tez oʻrganib, urchiydi. Oʻsimliklar bilan oziklanadi. Yovvoyi echkilar shoxlarining tuzilishiga koʻra 3 guruhga boʻlinadi: 1guruhga uch qirrali va kamalaksimon shoxli echkilar kiradi. Bu guruhga Jan. Sibir, Markaziy Osiyo togʻlarida yashaydigan tog takalari (Sarga sibirica), Alp toglarida yashaydigan alp echkilari (Sarga severtzovi) kiradi. 2guruhga yassi shoxli echkilar, yaʼni Oʻzbekiston, Tojikiston va Afgʻoniston togʻlarida uchraydigan morxoʻr (Sarga falconeri), Jan. Osiyo, Kichik Osiyo, Kavkaz, Turkmaniston togʻlarida yashaydigan bezoar echki yoki togʻ kiyigi (Sarga aegagrus) kabilar kiradi. 3guruhga spiralsimon burama shoxli echkilar — Katta Kavkaz togʻlarining sharqiy qismida yashaydigan dogʻiston turlari (Sarga cylindricornis), Periney yarim orolidagi togʻlarda tarqalgan ispan echkilari (Sarga pyrenaica) kiradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые