YoSh TABIATSHUNOSLAR — Oʻzbekistonda tabiatshunoslik bilimini boyitish, q. x. ning muayyan tarmogʻini amalda bilib borish va tajriba orttirish maqsadida atrof muhit, tabiatni kuzatuvchi yoshlar. Maktab va maktabdan tashqari bolalar muassasalari (oʻquvchilar saroyi, bolalar oromgohi, mehribonlik uylari)da tashkil qilinadigan toʻgaraklarda tajriba kuzatuv ishlari olib boradilar. Yosh tabiatshunoslarning birinchi tugaragi Oʻzbekistonda 1922-y. Toshkentdagi Karl Libknext nomidagi maktab, Almaiy nomidagi namuna ish maktabi, Chernishevskiy nomidagi maktab xuzurida tashkil etilgan. Yosh tabiatshunoslar toʻgaragidagi mashgʻulotlarda oʻquvchi bolalar hayvonlar va parrandalarni kuzatadi, oʻsimliklar oʻstirib, parvarish qiladi, kolleksiyalar toʻplaydi, turli xil tajriba ishlarini oʻtkazadi. Oʻrta va katta yoshdagi tabiatshunoslar tabiatni, jumladan hayvonot va oʻsimliklar dunyosini, q. x. ishlab chiqarishiga bogʻliq tajribalarni amalga oshiradi. Yosh tabiatshunoslar oʻquvchilarni oʻquvtajriba maydonchalariga, q. x. ishlab chiqarish ekskursiyalariga, koʻrgazmali oʻquv qurollarini tayerlashga jalb etib, ularning atrof muhitga boʻlgan ongli munosabatlarini rivojlantiradi. 2001-y. Oʻzbekistonda 70963 bola Yosh tabiatshunoslar toʻgaraklarida ishtirok etdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые