Yosh shoir nomidagi koʻcha

Odatda, oʻttiz yosh atrofidagi ijodkorlarga taʼrif berilganda “yosh” soʻzi qoʻshib aytiladi. Balki shunga koʻnikkani, koʻngani uchun ham “yosh”lar katta asarlar yozmaydi, katta badiiy izlanishlarga qoʻl urmaydi. Biroq tarixda nom qoldirgan juda koʻp ijodkorlar oʻttizda “yosh”lik darajasidan ancha olislab ketgan. Buni mumtoz adiblarimiz hayoti misolida ham, oʻtgan asrda yashab oʻtgan yozuvchilar tarjimai holi misolida ham koʻrish mumkin.

Atoqli ispan shoiri Federiko Garsia Lorkaning ijodiy faoliyati chinakam qalamkash adabiyotga jiddiy maqsadlar bilan qadam qoʻyishi va bu maqsadlarga ertaroq erishishi zarurligini yana bir bor koʻrsatib berdi. U erta tanildi, asarlari sevib oʻqildi va qoʻlma-qoʻl boʻldi. Lorka hayotlik paytidayoq – 1931 yili Fuente Vakeros tumani hokimligi De La Iglesia koʻchasini shoir sharafiga “Federiko Garsia Lorka” deb nomladi. Bu paytda u endigina 33 yoshga kirgan edi.

 

Orif Tolib tayyorladi.

 

“Yoshlik”, 2017–5

https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/yosh-shoir-nomidagi-kocha/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x