Yormuhammad Toshkandiy


Post Views:
21

Bu kishining ismi manbalarda Mavlono Soniy Yormuhammad ibn Pirmuhammad Toshkandiy bo‘lib, o‘tkir shoir edi, ayniqsa, muammo janrida muallif anchagina mahorat qozongan. Fors tilida muammo yozishda Abdurahmon Jomiy birinchi darajada bo‘lgan bo‘lsa, undan keyin hech kim bu kishichalik mahoratga ega bo‘lmagan edi. Ana shuning uchun Yormuhammad Soniy, ya’ni Ikkinchi degan taxallusga ega bo‘lgan. Demak, muammoda u kishi o‘ta shuhrat qozongan. Yormuhammad Toshkandiy Mirxusayn ibn Muhammad Sheroziyning (vafoti 1499) muammolariga sharh yozgan. Ma’lumki, Mirxusayn o‘z asarini Hirotda Alisher Navoiy iltimosi Bilan yozgan. Yormuhammad Buxoroga borib, u yerda ilm taxsil qilib yurgan kezlarida yoza boshlab, yurtiga qaytgach, uni tugatgan. Toshkentda 984/1577 yili ko‘chirilgan bu asarning bir nusxasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda. Bu asarning dastlabki varag‘ida mashhur olim Hofiz Ko‘hakiy o‘z qo‘li bilan:

«Taajjub bu qanday gavharki, mavlono Yormuhammad Soniy maxfiy sirlarini balog‘at va latofat tariqi bilan maoniy xazinasini fosh qilibdurlar. Ushbuni yozuvchi Xoji al-haramayn Hofiz Ko‘hakiy», deb yozib qo‘ygan.

Qo‘lyozmaning bir nusxasi Toshkentda, O‘zbekiston Respublikasi FASHI qo‘lyozma fondida mavjud. Bu ham A. Jomiyning «Muammo»lariga sharhdir, qo‘lyozma 1775 yili ko‘chirilgan.

Yormuhammad Toshkandiyga nisbat berilgan uchinchi qo‘lyozma ham bor. Buning nomi «Mavlono Shahob muammosining sharhi» deb ataladi. Bu asar ham fors tilida Mavlono Shahobuddin 1536 yili Hindistonda vafot etgan shoir. Uning asariga Yormuhammad Toshkandiy yozgan sharh 41 varaqdan iborat bo‘lib, 1581 yili ko‘chirilgan nusxasi O‘zbekiston Respublikasi FASHI qo‘lyozma fondida saqlanadi.

Undan tashqari, Yormuhammadga nisbat berilgan «Qirq hadis sharhi» degan qo‘lyozma asar ham bor. Bunda muallif qirqta o‘ziga xos ibratli hikoyalar yozgan. Bu asar ham O‘zFA Sharqshunoslik instituti fondida mavjud.

Toshkent allomalari va tarixiy shaxslari (ikkinchi kitob)

Abdulaziz Muhammadkarimov
“Toshkentnoma”. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/yormuhammad-toshkandiy-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x