YOQUBOV Homil Islomovich

YOQUBOV Homil Islomovich (1907.14.9 — Toshkent — 1998.3.2) — adabiyotshunos, adabiy tanqidchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), filol. fanlari d-ri (1967), prof. (1970). Leningrad davlat pedagogika intida oʻqigan (1926—27), Oʻrta Osiyo Rejalashtirishiqtisod intini tugatgan (1932). Oʻzbekiston FA Til va adabiyot intida ilmiy xodim, direktor oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi, prof. maslahatchi (1934—97). Shuningdek, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1934—35; 1944—45), Toshkent kechki pedagogika inti (1939— 42) hamda Oʻrta Osiyo davlat untida dare bergan (194851; 195659). Yoqubovning adabiytanqidchilik faoliyati 30-y. lardan boshlangan. «Hamid Olimjonning ijodiy yoʻli» (1936), «Zahiriddin Muhammad Bobur. (1940), «A. Qahhor novellalari» (1946), «Gʻafur Gʻulom». (1959), «Oybek» (1959), «Adibning mahorati» (1966) kabi maqola va monografiyalari oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining muhim masalalariga bagʻishlangan. Maktablar uchun adabiyot darsliklari, xrestomatiya va oʻquv dasturlarini tuzish va nashr ettirishda faol qatnashgan. Yoqubovning bevosita ilmiy rahbarligi va ishtirokida hoz. zamon oʻzbek adabiyoti tarixiga oid 2 jildli (1961 — 62) va ruscha nashri — 1 jildli (M., 1967) ocherklar toʻplamlari hamda hoz. oʻzbek adabiyotining koʻp jildli tarixlari nashr etilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1970). Ac: Gʻoyaviylik va mahorat, T., 1966; Saylanma, 12j., T., 198384; Choʻlpon va Navoiy, T., 1998.

Ad.: Imomov B., Homil Yoqubov [Adabiy portret], T., 1978.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x