Yonida bittasi bormidi?

Yozuvchilar uyushmasining eski binosiga Gurlandan yetib bordim. Matnazar aka oʻz oʻrnida kitob oʻqib oʻtirardi. Shuhrat aka bir ish bilan ketib, tushdan keyin kelishi kerak ekan. Salom-alikdan keyin suhbatimiz uzoq choʻzilmay eshikdan Shuhrat aka kirib keldi. Men bilan soʻrashib boʻlgach, ustozga qarab: “Suyunchi bering”, – dedi. Ustoz unga savol nazari bilan qaradi. Ular oʻrtasida savol javob boshlandi:

– Maryamjon opam kasalxonadan chiqibdi.

– Yoʻq-ay, hazillashma. Uyga bormagansan-ku?

– Mashinadan tushib uyingizga kirib ketganini uzoqdan koʻrdim.

– Boshqa birovni koʻrgansan.

– Aniq oʻzi edi.

– Agar gaping rost boʻlsa bir dona ellik soʻmlik seniki.

Matnazar aka oxirgi gapini aytayotib ustal ustidagi telefonda raqam tera boshladi va uyi bilan gaplashib boʻlib, choʻntagiga qoʻl solgan edi, ikkita ellik soʻmlik qoʻliga ilinib chiqdi. “Vaʼdami, vaʼda”, deb bittasini Shuhrat akaga uzatdi. Bahs gʻolibi ham boʻsh kelmay:

– Shu bodda unisiniyam bering! – dedi ustozning qoʻlida qolgan pulga ishora qilib. Ustoz tezda javob qaytardi:

– Iya, yonida yana bittasi bormidi yo?

 

Mahmud RAJAB

 

“Ijod olami”, 2018/1

https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/yonida-bittasi-bormidi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x