YONDOʻKON — degrezlarning choʻyan eritadigan ishxonasi. Qadim zamonlardan 20a. boshlarigacha amalda boʻlgan. Ishxona (doʻkon)ning yonida qurilganidan shunday atalgan. Yondoʻkonda qozon, omoch tishi (poza), hovoncha va b. quyilgan (yana q. Choʻyangarlik).