YOMONTOV — Markaziy Qizilqumdagi togʻ. Qozoktov togʻining jan. ida joylashgan. Eng baland joyi 340 m. Shim. gʻarbdan jang. sharqqa yoʻnalgan. Uz. 8 — 10 km. Jan. gʻarbiy yon bagʻirlari qiyaroq, zinapoyasimon pasayib prolyuvial shleyfga tutashgan. Shim. gʻarbiy yon bagʻirlari tikroq va quruq soylar bilan oʻyilgan. Yomontov kristalli paleozoy, boʻr va paleogen davrlarining choʻkindi jinslaridan tashkil topgan. Shim. gʻarbiy yon bagʻirlari ayrim joylarda eol qumlari bilan band. Boʻzqoʻngʻir tuproklarda biyurgʻun, keyreuk, shuvoq boyalich usadi. Yaylov sifatida foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые