YODGORLIK — 1) keng maʼnoda — mamlakat, xalq madaniy merosining bir boʻlagi; uning tarkibiga muzeylarda namoyish etiladigan tarixiy va madaniy Yodgorliklar hamda qoʻzgʻalmas (bino va b.) Yo. lar kiradi. Umumiy xususiyatlariga koʻra, arxeologik, tarixiy, meʼmoriy va mahobatli sanʼat Yo. lariga boʻlinadi, shuningdek, tarixiy badiiy qimmatga ega boʻlgan yozma Yodgorliklar ham unga taalluklidir. Tarixiy va madaniy Yodgorliklarni saqlash vazifasi umumdavlat axamiyatiga ega boʻlib, u maʼnaviy tarbiyaning asosiy qismini tashkil kidali;
2) tor maʼnoda — maʼlum sana, voqea va shaxslarni abadiylashtirish maqsadida yaratilgan sanʼat asari (xaykal, maqbara, qabrtoshi, ehrom, zafar toki va h. k.); ularga faol ijtimoiy taʼsir etish xos boʻlib, bu ularning gʻoyasida, qoʻyilishi va shakliy talqinida namoyon boʻladi. Yodgorlik umum omma diqqatiga moʻljallangan hamda atrof muhitni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Qad. kishilik jamoalarida yaratilgan dafn inshootlari (megalit va qoʻrgʻonlar), keyinroq obelisk, ehrom va h. k. Yo. ning ilk namunalaridir. Keyingi davrlarda maqbara va qabrtoshlar koʻpincha Yodgorlik vazifasini oʻtagan, ularda dafn va liniy vazifadan koʻra memorial Yodgorlik vazifasi ustunlik qilgan. Mujassamotli Yodgorliklar antik sanʼatda yaratila boshlangan: maʼjoziy yoki portret, haykal va haykallar guruhi, chavandozlar haykallari, stela, zafar toki va zafar ustunlari katori va b. Yo. lar muqaddas qisoblangan joylarda, mil. av. 6a. dan shahar markazlarida bunyod etilgan. Koʻp mamlakatlarda ulugʻ ishlar diniy inshootlarda abadiylashtirilgan. Dunyoviy Yodgorliklar yaratish anʼanasi Italiyada Uygʻonish davrida vujudga kelgan. Barokko va klassitsizm davrida shaharsozlikda muhim oʻrin tutgan, ampir davrida meʼmoriy Yodgorlik barpo etish keng tarqalgan. 18a. 2yarmidan jamoat arboblari va buyuk shaxslarga Yodgorlik oʻrnatila boshlandi, 19a. oxiri va 20a. boshida bir qator yirik koʻlami bilan diqqatga sazovor monumentlar yuzaga keldi. 20a. da meʼmoriy va meʼmoriy haykaltaroshlik Yo. majmua (memorial inshoot)larp alohida dolzarbligi bilan ahamiyat kasb etdi. Maʼjoziy va portret shakllaridan xoli mayda meʼmoriy shakllarga yaqin yangi tasviriy boʻlmagan Yodgorlik turi paydo boʻldi, Yodgorliklar mamlakat tarixiy solnomasining obrazli talqinini hosil qildi. Dastlab shakl jihatdan kichik boʻlgan Yodgorliklar dastgoh haykaltaroshligiga yaqin boʻlgan, 30y. lardan shahar ansambli va atrof muhit manzarasi bilan uygʻunlikni yuzaga keltiradigan mahobatli qoʻshimcha obrazlar yordamida asosiy gʻoyani ifodalovchi koʻp shaklli mujassamotli Yodgorlik yaratila boshlandi.