DO`STLARGA ULASHING:
YHQ buzganlik uchun jarimalar qaerga tushadi?
Ma’lumotlarga ko’ra yurtimizda bir haftada o’rtacha 16 mingta YHQ buzilganligi qayd etilar ekan.
Avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya orqali qayd etgan jarimalar summasidan (https://www.uzreport.news/society/germaniya-bilan-yol-harakati-qoidalari-buzilishini-nazorat-qiluvchi-tizimni-ishga-tushiris):
— 20 % Davlat byudjetiga;
— 20 % yo’l infratuzilmasini rivojlantirish uchun mahalliy byudjetga;
— 50 % IIV’ning byudjetdan tashqari jamg’armasiga;
— 10 % Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko’maklashish markazi hisobiga.
Qolgan jarimalar summasidan (https://www.google.com/amp/s/daryo.uz/amp/2019/03/13/o%25CA%25BBzbekistonda-yo%25CA%25BBl-harakati-qoidalari-buzilganligi-uchun-jarimalar-summasining-10-foizi-yhxb-xodimlarini-rag%25CA%25BBbatlantirishga-sarflanadi/):
— 45 % IIV’ning byudjetdan tashqari jamg‘armalariga;
— 10 % YHX xizmati xodimlarini rag‘batlantirishga;
— 20% Davlat byudjetiga;
— 15 % yo’l infratuzilmasini rivojlantirish uchun mahalliy byudjetga;
— 10% Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko’maklashish markazi hisobiga;
Shuningdek, avtomatlashtirilgan tizim uchun jalb qilingan €300 mln investitsiya to’liq qaytarulmagunicha, jarimalarning 25% investorga yo’naltiriladi va IIV jamg’armasiga 25% bo’lib turadi.