“Yevgeniy Onegin” haqida

Asarlarining ichida millionlar qalbini zabt etgani shu sheʼriy romanidir.

Bu asarda Pushkin yosh zamondoshlarining umumlashma obrazini yaratdi. Asar bilan tanishar ekanmiz, dinamik kuchlanish hukmidagi Ye. Onegin obrazining ichki ziddiyatlarini tushunib borgan holda, uning harakter elementlarini, tabiati, umuman jamiyat uchun keragi yoʻqligini koʻramiz.

V. Belinskiy “Yevgeniy Onegin” romanini “rus hayotining ensiklopediyasi” deb ataydi. Haqiqatdan ham Pushkinning bu asarida xilma-xil cheksiz muammolar koʻtarilgan. Romanda oddiy kunlik muammolarga toʻla qishloq dvoryanlarining zerikarli va poytaht aslzodalarining mazmunsiz hayoti aks ettirilgan.

“Yevgeniy Onegin” romanining syujet asosi boʻlib muhabbat mavzusi xizmat qiladi.

Roman markaziy qahramonlari Tatyana Larina va Yevgeniy Onegin atrofidagi odamlardan maʼnan boyligi, zamondoshlaridan ancha ilgarilab ketganliklari bilan ancha yuqori turishadi.

Yevgeniy Onegin – ziddiyatli, murakkab obraz. U atrofidagilardan, eskirgan urf-odatlardan (sarqitlardan), jamiyatdan nafratlanadi, ularga qarshi kurashadi. Lekin shuni aytib oʻtish kerakka, oʻzidagi ana shunday sarqitlarning ustidan gʻalaba qozonolmaydi, chunki uning oʻzi tartibsiz turmush tarzi bilan yashaydi va shu muammolar ustida jiddiy shugʻullanmaydi.

Onegin – bu oliy tabaqaning, muhitning, jamiyatning mevasidir. Uning obrazidagi energiyani, hissiyotga toʻla qalbini, boʻyinsunmasligini, apatiyani, ichki goʻzalligini, harakatsiz orzu-intilish tuygʻusini tushunishi uchun rus adabiyotshunoslari ham koʻp izlanishlari kerak boʻladi.

 

Akram UZOQOV

 

“Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi xalqlari adabiyoti” (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, 2007) oʻquv qoʻllanmasidan.

https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/evgeniy-onegin-haqida/

2 3 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x