YEVENKO Viktor Ivanovich

YEVENKO Viktor Ivanovich (1925.2.3, Toshkent — 1986.19.8) — grafik rassom, Oʻzbekiston xalq rassomi (1967). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1946—50). Rassomlik faoliyatini 2-jahon urushi frontlarida boshladi. Oʻzbek xalqining tarixi («Bek kelayapti», 1954), mehnati («Qarzdorligi uchun», 1954; «Hosil» 1955)ga bagʻishlangan asarlari bor. 50-y. larning oxirlaridan, asosan, grafikada ijod qildi. Bir qator badiiy asarlarni bezadi (R. Fayziyning «Choʻlga bahor keldi» qissasi, A. Almatinskayaning «Zulm», Oybekning «Qutlugʻ qon», Asqad Muxtorning «Opa-singillar» romanlari va b.), dolzarb mavzularda plakatlar yaratdi («Tinchlik va doʻstlik», 1957; «Odamlar, tinchlikni saqlang», «Paxta», 1966; «Neytron bombasiga yoʻl yoʻq», 1979; «Oq oltinning yuksak sifati uchun», 1981 va b.), jamoat binolari interyerlarini, koʻrgazma va bayramlarni bezatishda samarali ishladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x