YESENBOYEV Ziyod Islomovich

YESENBOYEV Ziyod Islomovich (1921.21.6, Qibray tumani) — jurnalist, noshir va jamoat arbobi. 2-jahon urushi qatnashchisi (1939—46). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1967). «Qizil Oʻzbekiston» gaz. da boʻlim mudiri, masʼul kotib va muharrir oʻrinbosari (1948 — 54), muharrir (1961—63). «Toshkent haqiqati» gaz. muharriri (1954—61). Oʻzbekiston davlat matbuot qoʻmitasi raisi (1963—84), ayni paytda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi boshqaruvi raisi (1962—84). «Muxbir» — «Korrespondent» jur. bosh muharriri oʻrinbosari (1984—90), Oʻzbekiston Respublikasi matbuotini qoʻllabquvvatlovchi jamgʻarma boshqaruvi raisi (1993—95). «Oʻzbekiston matbuoti» jur. bosh muharriri (1991—2002). Bir qancha kitoblar va publitsistik maqolalar muallifi. Uch kitobdan iborat «Matbuotimiz fidoyilari» toʻplamini tuzgan va nashrga tayyorlagan. «El-yurt hurmati» ordeni (1998), «Jasorat» medali (1995) b-n mukofotlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).

As: Bryussel vistavkasi xotiralari, T., 1959; Ming orol mamlakatida, T., 1964; Zdravstvuy, tovariщ kniga, T., 1972.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x