YERNI MUSODARA QILISH — davlatning yerni egalaridan majburiy ravishda, biron-bir haq toʻlamay tortib olishi. Mas, 18—19-a. lardagi inqiloblar davomida Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida zamindorlarning yerlari musodara etiddi. 1917-y. okt. toʻntarishi natijasida xam shunday yerlar tortib olinib, davlat («umumxalq») mulki deb eʼlon qilindi va dehqonlarga foydalanish uchun berildi. 1928 — 29 y. lardan boshlab esa sobiq Ittifoqda (jumladan Oʻzbekistonda) dehqon xoʻjaliklarini «yoppasiga kollektivlashtirish», «quloqlarni sinf sifatida tugatish»dan iborat stalincha siyosat yuritildi. Oqibatda oʻn minglab oʻrta hol va boy dehqonlarning yerlari tortib olinib, jamoa xoʻjaliklari ixtiyoriga zoʻrlab oʻtkazildi. Omilkor dehqonlar yer-suv mulklaridan majburiy tarzda mahrum etilib, koʻplari mamlakatning uzoq joylariga koʻchirib yuborildi. Mac, 1930-y. okt. oyiga kelib 115231, 1931-y. da 265795 dehqon oilalari Shimol, Ural, Sibir va Qozogʻiston mintaqalariga joʻnatildi. 200—250 ming «quloq» oʻz oilasi bilan yerini, mulkini tashlab qochib, shaharlarga koʻchib oʻtdi. Shu tariqa jami 1 — 1,1 million dehqon xoʻjaligi yerlaridan mosuvo boʻlib, butunlay tugatildi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые