YERDAN FOYDALANISH TAHLILI — yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilarning faoliyatini baholashda q. x. da asosiy i. ch. vositasi boʻlgan yerdan foydalanish samaradorligini oʻrganish. Yerdan foydalanish tahlili qishloq xoʻjaligi yerlari maydoni va tarkibiy oʻzgarishlar, hududni tashkil etish va almashlab ekishii oʻzlashtirish holati, yer sifatini yaxshilash rejasining bajarilishi, xoʻjalikda yerdan foydalanish samaradorligi; oʻzlashtiriladigan yerlar mikdori va kapital xarajatlar; yerdan foydalanish darajasiga taʼsir etuvchi omillar (tuproqning tabiiy unumdorligi, joyning iklim sharoitlari, suv resurelarining mikdori va b.) singari masalalarni oʻz ichiga oladi. Yerdan foydalanish tahlilida xoʻjalik yer kadastri kitobi, statistik hisobotlar, yillik hisobotlar, uchastkalar boʻyicha maydon hisoblash qaydnomalari, yerdan foydalanish tarhi (chizmada) va buxgalteriya hisobot materiallari asosiy manbalar hisoblanadi. Yer sifat oʻzgarishlarini taxlil qilish va yerdan foydalanish darajasini aniqlash uchun: a) jami yer maydonida q. x. yerlarining umumiy salmogʻi; b) umumiy haydaladigan yer maydonida sugʻoriladigan yorlar salmogʻi; v) haydalma yerlardan ekin ekib foydalanish darajasi; g) haydalma yerlarning shudgorlik darajasi koʻrsatkichlari oʻrganiladi.
Yerdan foydalanish tahlili materiallari yer tuzish loyihasini ishlab chiqishda asosiy manba boʻlib xizmat kiladi. Bunda taxlil loyihada qamrab olingan barcha maydon boʻyicha oʻtkaziladi (xoʻjalik, bir guruh xoʻjaliklar, tuman, viloyat, mamlakat).
Yerdan foydalanishni mikdor jihatidan baholovchi maxsus qaydnoma (hisobot) maʼmuriy birliklar doirasida har yili 1 yanv. gacha boʻlgan maʼlumot asosida hamda 5 yilda bir marta umumlashtirib tuziladi. Q. x. ning samaradorligiga taʼsir etuvchi tabiiy va ijtimoiy omillarni eʼtiborga olgan holda tuproq bonitirovkasi yoki yerning iqtisodiy bahosini bilmay turib (q. Yerni iqtisodiy baholash) yerdan foydalanish darajasini toʻgʻri aniqlash mumkin emas. Xoʻjaliklarda Yerdan foydalanish tahlili biriktirilgan yerlarning sifatini (tabiiy unumdorligini) hisobga olish (yerning iqtisodiy bahosi boʻlsa yanada maqbul) katta ahamiyatga ega. Bunda xoʻjalikdagi oʻrtacha tuproq bali (Bi)ra nisbatan 1 ga (100 ga) uchun Yerning tabiiy unumdorligidan toʻla va toʻgʻri foydalanish samaradorlik omillaridan biri. Yerdan foydalanish darajasining asosiy koʻrsatkichlaridan biri boʻlgan mahsulot tannarxini yerning sifati asosida taxlil qilishda (eng arzon tannarx etalon qilib olinadi) quyidagi formuladan foydalaniladi: S=S,-S(B-B,), bunda, S, — koʻrilayotgan xoʻjalikda 1 s mahsulot tannarxi (s/soʻm); S — etalon uchun olingan xoʻjalikda 1 ballga toʻgʻri keladigan narx (soʻm); B — etalon uchun olingan xoʻjalik bali (ball); B, — koʻrilayotgan xoʻjalik yer bali.
Qosimjon Rahmonov.