YEMSHITEPA — antik shahar xarobasi. Tillatepa (Afgʻoniston) yaqinida joylashgan. Mayd. 18 ga. Yemshitepa tarhi aylana shaklida boʻlib, qalinligi 10 m, bal. 12 m keladigan mustahkam mudofaa devori b-n oʻrab olingan. Yemshitepa hududidagi madaniy qatlamning qalinligi 8,5 m ga yetadi. Shahar Kushon podsholigi davrida (1— 4-a. lar) ravnaq topgan. Oʻrta asrlarda shaharning kichik bir qismidagina hayot davom etgan. Qadimda bu yerdan Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. Olimlar (Sh. Kamoliddinov) ning fikricha, antik manbalarda qayd etib oʻtilgan qad. Baqtriyaning Surogana sh. aynan shu yerda joylashgan boʻlgan.
Ad.: Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.