YEKATERINA I

YEKATERINA I Alekseyevna (Marta Skavronskaya) (1684.5.4 – 1727.6.5) rossiya imperatori (1725—27). Litva dehqoni Skavronskiy oilasida tugʻilgan. 1702-y. da Mariyenburgda rus qoʻshiniga asir tushgan. 1712-y. Pyotr I ga nikohlangan. Pyotr I vafotidan soʻng (1725) dvoryanlar yordamida taxtga oʻtirdi. Yekaterina I davlat ishlari bilan aslda shugʻullanmagan. Uning davrida Oliy maxfiy kengash taʼsis etilib (1726), kengashga A. D. Menshikov boshchilik qilgan. Ye. I Pyotrning chet el sayohatlari va harbiy yurishlarida qatnashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x