YASKAKSUV

YASKAKSUVTojikiston Respublikasining Sugʻd viloyatidagi soy, Shoʻrbuloqsoyttt chap irmogʻi. Uz. 20 km, suv yigʻish mayd. 130 km2. Turkiston tizmasining shim. yon bagʻridagi Usmonjaylov degan joydan (bal. 2500 m) boshlanadi. Asosiy irmoklari: chapdan — Qoʻrgʻontepasoy, oʻngdan — Koʻlqoʻtonsoy. Qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi (Shahriston qishlogʻidan 2 km yuqorida) 0,12 m3/sek. Aprel — avg. oylaridagi toʻlinsuv davrida suvi Shahriston qishlogʻi dala ekinzorlarini sugʻorishga sarflanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x