YANGIQOʻRGʻON TUMANI

YANGIQOʻRGʻON TUMANINamangan viloyatidagi tuman. 1926 yil 29-sentyabr da tashkil etilgan. Gʻarbdan Kosonsoy, jan. dan Namangan va Uychi tumanlari, shim. gʻarb, shim. va sharqda Qirgʻiziston Respublikasi, Chortoq tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,54 ming km2. Aholisi 166,7 ming kishidan ziyod (2005). Tumanda 1 shaharcha (Yangiqoʻrgʻon), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Bekobod, Birlashgan, Zarbdor, Zarkent, Istiqlol, Navkent, Navroʻzobod, Nanay, Paromon, Sharq Yulduzi, Qorapolvon) bor. Markazi — Yangiqoʻrgʻon shaharchasi.

Tabiati. Tuman hududi Chatqol tizmasining jan. etaklarida joylashgan. Yer yuzasi tekislik va adirlardan iborat. Balandligi jan. dan shim. ga 300 m dan, oʻrta qismida 1500 m gacha, shim. da 1500 — 2000 m. Foydali qazilmalardan neft, mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan qurilish materiallaridan shagʻal, ohaktosh, gil tuproqlar bor. Iqlimi kontinental: yozi issiq va quruq, qishi sovuq. Oʻrtacha t-ra yanv. da — 1° dan —4» gacha, iyulda 25° — 26». Eng past t-ra qishda —29°, eng yuqori t-ra yozda 40°. Yillik yogʻin 300 — 400 mm. Vegetatsiya davri 175 kun. Togʻlardan kattakichik soylar oqib tushadi. Ularning baʼzilari yozda qurib qoladi. Eng yirik soylari: Chortoqsoy, Namangansoy (yuqori qismda Pochchaotasoy), Quruqsoy (Changach). Soylardan bahorda baʼzan kuchli sel keladi va xoʻjaliklarga katta zarar yetkazadi. Ayrim joylarda selxonalar qurilgan. Soylar suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Tuprogʻi, asosan, tipik boʻz tuproq, eng shim. chekkasida qisman toʻq tusli boʻz tuproq. Shim. sharqiy qismida qumlichaqir yerlar bor. Q. x. ga yaroqli yerlar oʻzlashtirilgan. Tabiiy oʻsimliklar, asosan, adirlarda saqlangan. Efemer oʻtlar va butalar oʻsadi. Adir oʻsimliklarini oʻrganish va ularni boyitish boʻyicha Oʻzbekiston FA Botanika intining tajriba uchastkasi faoliyat koʻrsatadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, yumronqoziq, toshbaqa, turli xil ilonlar, kaltakesaklar; qushlardan kaklik, ular va boshqalar yashaydi. Suvlarida har xil baliqlar bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; shuningdek, tojik, qirgʻiz, tatar, rus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 309 kishi. Shahar aholisi 16,1 ming kishi, qishloq aholisi 150,6 ming kishiga yaqin.

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, q. x. ga ixtisoslashgan. Sanoat korxonalaridan paxta tozalash, gʻisht, vino zdlari, tiquvtrikotaj f-kasi, atlas toʻqish sexlari, qurilish tashkilotlari, MTP, avtokorxona, non kti, dehqon bozori, savdo, madanis va maishiy xizmat qoʻrsatish shoxobchalari bor. 300 ga yaqin yirik, oʻrta biznes, kichik korxonalar, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. 3 qoʻshma korxona mavjud.

Q. x ning yetakchi tarmogʻi — paxtachilik. Sabzavotchilik, gʻallakorlik va chorvachilik, meva yetishtirish ham rivojlangan. 628 fermer, 12 shirkat xoʻjaligi ishlab turibdi. Ekin maydonlariga paxta, bugʻdoy, makkajoʻxori, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari ekiladi. Mevazor va tokzorlar bor. 60 umumiy taʼlim maktabi, bolalar musiqa va sport maktablari, 2 litseyinternat, kasb-hunar kollejlari mavjud. Tuman markaziy kutubxonasi, 17 klub muassasalari, madaniyat uylari, sport majmuasi ishlab turibdi. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona, 2 feldsherakusherlik punkti, 19 qishloq vrachlik punkti va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Tuman hududidan respublika ahamiyatidagi Chortoq — Nanay avtomobil trakti oʻtgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x