Yangidunyo.uz: Afg‘onistondagi urush qanday boshlangan edi?


Post Views:
1 733

Afg‘onistondagi urush 10 yil davom etdi, sobiq ittifoq harbiylaridan o‘n besh mingdan ziyod askarlar halok bo‘ldi. Afg‘onlardan esa, turli hisoblarga qaraganda ikki millionga yaqin odam o‘ldirilgan. Bularning hammasi saroy to‘ntarishlari-yu sirli zaharlashlardan boshlandi.

Urush arafasi

Surat www.yangidunyo.uz saytidan olingan

1979 yili 8 dekabr kunining birinchi qismida Sovet ittifoqi kommunistlar partiyasi Markaziy Qo‘mitasining “tor doiradagi” a’zolari Leonid Ilich Brejnevning ish xonasiga yig‘ilishdi. Brejnevga juda yaqin bo‘lgan odamlar – Sovet ittifoqi KGB raisi Yuriy Andropov, tashqi ishlar vaziri Andrey Gromiko, partiyaning asosiy mafkurachisi hisoblangan Mixail Suslov va mudofaa vaziri Dmitriy Andropovlardan iborat edi. Bu safar Afg‘onistondagi vaziyat, inqilobiy respublikadagi ichki va tashqi holati muhokama qilindi, Afg‘oniston Demokratik Respublikasiga sovet qo‘shinlarini kiritishga turli bahonalar qidirildi.

O‘sha vaqt Leonid Ilich Yer sharining oltidan birida erishi mumkin bo‘lgan barcha hurmatga ega bo‘ldi va “Eng oliy hokimiyat” cho‘qisiga chiqqanini ham eslab qo‘yish joiz. Beshta oltin yulduzni ko‘kragiga qadab olgan edi. Ularning to‘rttasi Sovvet ittifoqi qahramoni va bittasi sotsialistik mehnat qahramoni yulduzi edi. Mukofotlar ichida Sovet ittifoqining eng oliy harbiy nishoni, briliantdan yasalgan “G‘alaba” ordeni ham bor. 1978 yili Brejnevga berilgan mazkur nishon Ikkinchi jahon urushida tubdan burilish yasashda ko‘rsatgan xizmatlari uchun berilgan eng so‘nggi o‘n yettinchi yulduz edi. Bu nishon sohibi Stalin, Jukovga o‘xshagan harbiy qo‘mondonlar edi. O‘zi umumiy hisobda mazkur nishon bilan 17 odam 20 marta taqdirlanilgan, Leonid Ilich hammasidan o‘zib ketib bir necha marta taqdirlangan. Marshalik aso, tillo qilichiga ega edi hamda yaqin kelajakda otda o‘tirgan haykali ham yasalishi kutilayotgan edi. Bunday atributlarga egaligi unga har qanday qarorni qabul qilishga imkon berar edi. Bundan tashqari, maslahatchilari unga Afg‘oniston sotsialistik g‘oyalarga sodiq va bu mamlakatdan ikkinchi Mongoliyani yasab olsa bo‘ladi, degan ma’noda maslahatlar berib turishar edi. Sarkardalik mahoratlarini hammaga bir ko‘rsatib qo‘yish uchun partiyadosh do‘stlari unga kichkina biroq dabdabali g‘alaba qozonish kerakligi haqida maslahatlar berar edi. Xalq, xurmatli Leonid Ilich generalissimus ham bo‘lmoqchi ekani haqida gapirar edi. Boshqa tarafdan qaraganda Afg‘oniston haqiqatdan ham tinch emas edi.

Aprel inqilobining natijasi

1978 yili 27-28 aprel kunlarida Afg‘onistonda Aprel inqilobi ro‘y berdi (Afg‘onlar tilida ushbu saroy to‘ntarishini Savr inqilobi ham deb aytishadi. 1992 yildan beri Aprel inqilobi kunini nishonlash bekor qilingan, uning o‘rniga Afg‘on xalqining Sovet ittifoqiga qarshi kurashining g‘alaba kuni nishonlanadigan bo‘lgan).

Muhammad Dovud rejimiga qarshi namoyishlarning boshlanishiga kommunistik arbob, gazeta muharriri Mir Akbar Xaybarning o‘ldirilishi sabab bo‘ldi. Uning o‘limida Muhammad Dovudning maxfiy xizmatlari aybdor deb topildi. Muxolif muharrirning janozasi rejimga qarshi norozilik namoyishiga aylanib ketdi. Tartibsizlik tashkilotchilari orasida Afg‘oniston xalq demokratik partiyasi rahbarlari Nur Muhammad Tarakiy va Babrak Karmallar ham bor edi. Ular shu kunining o‘zida hibsga olindi. Partiyaning yana bir rahbarlaridan Hofizullo Amin bu voqyealar bo‘lmasidan oldin uy qamog‘iga olingan edi.

Demak, uch rahbar hali birga, uchalasi ham hibsda va ular orasida hech qanday nizo yo‘q. Amin o‘g‘li orqali Afg‘oniston Xalq Demokratik partiyasidagi o‘zlariga sodiq bo‘lgan harbiylarga maktub yo‘llab, qurolli qo‘zg‘alon ko‘tarishga buyruq beradi. Hukumat almashtirildi. Prezident va uning butun oilasi o‘ldirildi. Tarakiy va Karmal hibsdan ozod etiladi. Ko‘rib turganimzdek, inqilob aniqrog‘i biz inqilob deb ataydigan narsa juda osonlik bilan amalga oshirilgan. Harbiylar tamonidan saroyni bosib olindi, mamlakat rahbari oilasi bilan birga yo‘q qilindi. Barcha hokimiyat “xalq” qo‘liga o‘tdi. Afg‘oniston Demokrtatik Respublika deb e’lon qilindi. Nur Muhammad Tarakiy mamlakat rahbari hamda Bosh vazir lavozimini egalladi, Babrak Karmal esa, uning o‘rinbosari etib tayinlandi. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziri mansabi isyon tashkilotchisi Hofizullo Aminga taklif qilindi. Hozircha ular uchta. Biroq tuzumi yarim feodal bo‘lgan ushbu davlat sotsializmning sovet modelini, xususan: aholi ongiga marksizm g‘oyalarini singdirish, yurt zamindorlarini quloq qilib, yerlarini musodara qilish, faqirlar qo‘mitalari-yu, partiya yacheykalarini ta’sis etish kabi modelini afg‘on yerida joriy etishga oshiqmas edi. Sovet ittifoqidan kelgan mutaxassislarni aholi yomon kutib oldi. Joylarda noroziliklar kuchayib, isyonga aylana boshladi. Vaziyat yomonlashdi, mamlakat jarga qarab sho‘ng‘ishni boshladi. Triumviratga darz keta boshladi.

Birinchi bo‘lib Babrak Karmalni o‘yindan chiqarishdi. 1978 yili iyulida u mansabidan tushirilib, uzoq Chexslovakiyaga elchi qilib yuborildi, mamlakatda vaziyat og‘ir ekanini bilib u vataniga qaytishga shoshmas edi. Ikki rahbar orasida manfaatlar to‘qnashuvi boshlanib, ambitsiyalar urushiga aylanib ketdi. So‘ng, Hofizullo Amin Tarakiyni iste’foga chiqishini talab qila boshladi. U esa, Gavanaga borib kelgan, Moskvada iliq kutib olingan, Brejnev bilan uchrashib, uning qo‘llab-quvvatlashi va’dasini olgan edi. Tarakiy dunyo kezib yurganida Amin hokimiyatni qo‘lga olishga tayyorgarchilik ko‘rdi. Tarakiyga sodiq bo‘lgan zobitlar almashtirildi, shaharga o‘zining qabilasiga bo‘yinsinadigan sodiq qo‘shinlarni olib kirdi, so‘ng Afg‘on xalq demokratik partiyasi Siyosiybyuro Markaziy Qo‘mitasining navbatsiz tarzda o‘tkazilgan majlisida Tarakiy va uning odamlari ishlaridan olindi va partiyadan chiqarildi. Tarakiyning 12 ming tarafdorlari otib tashlandi. Ish shunday tashkil qilingan ediki, kechqurun hibsga olinar, tunda so‘roq qilinar, ertalab esa otib tashlashar edi. Hammasi sharqona an’analar asosida. Moskva Tarakiyni olib tashlanishigacha, an’analarni hurmat qilar edi. Sovet ittifoqi Markaziy Qo‘mitaning lovozimdan chetlatish haqidagi qaroriga norozi bo‘ldi. Iste’fo qilishga ko‘ndira olmagach, Amin o‘zining shaxsiy qo‘riqchilariga prezidentni bo‘g‘ib o‘ldirishga buyruq beradi. Bu voqyea 1979 yili 2 oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Afg‘oniston xalqiga esa, 9 oktyabr kuni rasmiy ravishda “uzoq muddat davom etgan kasallik tufayli Qabul shahrida Nur Muhammad Tarakiy vafot etdi”, deb e’lon qilishdi.

Yaxshi-yomon Amin

Tarakiy o‘limidan Leonid Ilich qattiq xafa bo‘ldi. Unga yangi do‘sti o‘z o‘limi bilan emas, balki Amin tarafidan vaxshiylarcha o‘ldirilgani haqida habar qilishdi.

O‘sha vaqtdagi KGBning Birinchi asosiy boshqarma rahbari (tashqi razvedka) Vladimir Kryuchkovning eslashicha, – “Brejnev do‘stlikka sodiq inson bo‘lgani sabab Tarakiyning o‘limidan qayg‘urdi, qandaydir ma’noda o‘zining shaxsiy fojiasi kabi qabul qildi. Unda o‘zini aybdor tutish xissi bor edi, ya’ni u Tarakiyni Qobulga borishdan qaytarishi mumkin bo‘lib, qaytarmagani uchun ham iztirobda qolgan edi. Aminni esa u umuman hech qanaqasiga qabul qilmadi”.

Afg‘oniston bo‘yicha Siyosiy byuro majlisiga hujjatlar tayyorlanayotgan bir vaqtda Leonid Ilich hodimlarga: “Amin – noinsof odam”, dedi. Ushbu e’tiroz Aminni Afg‘onistondagi hokimiyatdan olib tashlash uchun turli xil yo‘llarni topishga harakat qilish uchun yetarli edi.

O‘sha vaqtning o‘zida ham Moskva Afg‘onistondan bir-biriga zid ma’lumotlarni olar edi. Bunga sabab, o‘sha ma’lumotlarni bir biriga raqobati kuchli bo‘lgan tashkilotlar topar edi (KGB, GRU, MID, SK KPSSning xalqaro bo‘limi va turli xil vazirliklar).

Quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni armiya generali Ivan Palovskiy va Afg‘oniston Demokratik Respublikasidagi bosh harbiy maslahatchi Lev Gorelov GRU tayyorlagan ma’lumotlar hamda Amin bilan shaxsiy uchrashuvda olingan axborotlar asosida Siyosiy byuroga afg‘on xalqining peshvozi haqida “Moskvaning sodiq do‘sti va Afg‘onistonni sovet ittifoqining mustahkam do‘sti sifatida” ta’riflashgan. “Hofizullo Amin kuchli shaxs va mamlakat rahbari sifatida qolishi kerak”.

KGBning tashqi razvedka kanallari orqali yuqoridagi sifatlardan tubdan farq qiluvchi ma’lumotlar xabar qilinar edi: “Amin – mustabid, mamlakatida o‘z xalqiga nisbatan terror va repressiyalarni ochib berdi, Aprel inqilobi g‘oyalarining sotqini, amerikaliklar bilan til biriktirgan hamda tashqi siyosatda Moskvaga zid borib Vashington izmiga tushdi, MRBning agenti”.

Aslida KGB tashqi razvedkasining biron bir rahbari hech qachon “Tarakiyning eng birinchi va eng sodiq shogirdi”, “Aprel inqilobi yo‘lboshchisi”ning sovet dushmani va sotqin ekaniga biron bir hujjat-dalil keltirmagan. Aytmoqchi, “Toj-Bek” saroyi hujumida Amin va uning ikkita voyaga yetmagan o‘g‘li o‘ldirilganidan keyin Aminning xotiniga tirik qolgan qizi bilan istagan mamlakatga chiqib ketish ixtiyori berilganida u Sovet ittifoqini tanlaydi. O‘shanda: “Turmush o‘rtog‘im sovet ittifoqini yaxshi ko‘rar edi”, deb javob bergan edi.

1979 yil 8 dekabrdagi Siyosiy byuro Markaziy qo‘mitasining tor doirasi yig‘ilgan majlisga qaytamiz. Brejnev tinglab o‘tiribdi. O‘rtoq Andropov va Ustinovlar Afg‘onistonga askar kiritish zaruriyati haqida gapirmoqda.

Birinchisi – sovet ittifoqining janubiy chegaralarini hamda O‘rta Osiyo respublikalarini o‘z manfaatlari doirasiga qo‘shib olishni reja qilayotgan AQSH tajovuzidan himoya qilish, Afg‘oniston hududlariga Bayqanur kosmodromi hamda boshqa zaruriy ob’yektlarni xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan “Pershing” raketalarini joylashtirilishi hamda Afg‘onistonning shimoliy viloyatlarining mamlakatdan ajrab chiqib Pokistonga qo‘shilishinining oldini olish. Natijada harakatlanishning ikki variantini ko‘rib chiqishga qaror qilishdi: Aminni olib tashlab o‘rniga Karmalni qo‘yish, ushbu vazifani bajarish uchun Afg‘onistonga bir qism askarlarni kiritish. “KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosining tanlangan a’zolari” bilan uchrashuvga taklif qilingan Bosh shtab rahbari marshal Nikolay Ogarkov bir soat mamlakat rahbarlarini sovet qo‘shinlarini Afg‘onistonga olib kirish g‘oyasi halokatli bo‘lishi mumkinligini tushuntiradi. Biroq marshal ularni o‘z gapiga ishontira olmaydi. Ertasi, 9 dekabr kuni Ogarkovni Bosh kotib huzuriga yana taklif qilishdi. Bu safar xonada – Brejnev, Suslovv, Andropov, Gromыko, Ustinov, Chernenkolar bor edi. Unga majlis protokolini tuzishni topshirishdi. Marshal Ogarkov bor kuchi bilan askarlarni kiritishga qarshi o‘z fikrlarini aytdi. U afg‘onlarning o‘z hududlariga begonalarni qo‘ymaslik an’analarini eslatdi, kiritilgan harbiylarning janglardan boshi chiqmay qolishi mumkinligi haqida gapirdi, biroq hammasi behuda bo‘ldi. Marshal so‘zini Andropov kesdi: «Sizni bu yerga fikringizni bilish uchun emas, balki Siyosiy byuro ko‘rsatmalarini yozib, so‘ng ularni bajarishni tashkillashtirish uchun chaqirganmiz”. Baxsga Leonid Ilich Brejnev nuqta qo‘ydi: “Yuriy Vladimirichni qo‘llab-quvvatlash lozim”.

Sovet ittifiqining yakson bo‘lishiga sabab bo‘lgan qaror shu tarzda qabul qilingan edi. Sovet askarlarini Afg‘onistonga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilgan o‘sha vaqtdagi rahbarlarining birontasi ham sovet ittifoqi fojiasini ko‘rmadi. O‘lar holatida kasal bo‘lgan Suslov, Andropov, Ustinov, Chernenko urushni boshlashga boshlab olib, 80-yillar boshida birin-ketin o‘lib ketishdi. 1989 yili esa Andrey Andreyevich Gromыko vafot qildi.

Sovet qo‘shinlarini Afg‘onistonga kiritilishiga g‘arb siyosatchilari ham ta’sir qilgan. NATOning tashqi ishlar hamda mudofa vazirliklari 1979 yili 12 dekabr kuni Bryusselda G‘arbiy Yevropada Amerikaning «Kruz» va «Pershing-2» deb nomlangan yangi, o‘rta masofadagi raketalarini joylashtirish rejasini qarorini qabul qilishgan. Ushbu raketalar Sovet ittifoqiga qarashli Yevropa hududining deyarli barcha joyini nishonga olishi mumkin edi. Sovetlar himoyalanishi zurur edi.

So‘nggi qaror

12 dekabar kuni Afg‘onistonga sovet qo‘shinlarini kiritish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilindi. KPSS Markaziy Qo‘mitasining maxsus papkasida Markaziy Qo‘mita kotibi Chernenko tarafidan yozilgan Siyosiy byuro majlis protokoli saqlangan. Protokolda Afg‘onistonga sovet qo‘shinlarini kiritish tashabbuskorlari sifatida Yu.V. Andropov, D.F. Ustinov va A.A. Gromыkolar qayd qilingan. Shunday bo‘lishiga qaramay, sovet harbiylari eng birinchi bo‘lib hal qilishi kerak bo‘lgan masala Hofizullo Aminni ag‘darish va yo‘q qilinishi va uni sovetlar tarafidan qo‘yilishi kerak bo‘lgan Babrak Karmal haqida mazkur hujjatda lom-mim deyilmagan. Shuning uchun ham Afg‘oniston Demokratik Respublikasi iltimosiga ko‘ra sovet qo‘shinlari Afg‘onistonga kiritildi degan gap hech qanday asosga ega emas. Askarlarni kiritish bo‘yicha Siyosiy byuro a’zolarining hammasi bir ovozdan ovoz berishdi. Biroq, Siyosiy byuroning mazkur majlisida SSSR Vazirlar Kengashining raisi Aleksey Kosыginning ishtirok etmaganligi diqqatga sazavordir. U mamlakat iqtisodining ahvolidan yaxshi xabardor bo‘lgan holda Afg‘onistonga qo‘shin kiritishga mutloqo qarshi bo‘lgan edi. O‘sha vaqtdan boshlab, Brejnev va uning atrofidagilari bilan munosabatlari uzilgan, deb aytiladi.

Ikki marta zaharlangan Amin

13 dekabr kuni KGBning norasmiy razvedkasi Aminni ag‘darish bo‘yicha maxsus lokal operatsiyasini boshlab yubordi. Unga general Yuriy Drazdov boshchilik qildi hamda operatsiyani amalga oshirishni forsiy tilida bemalol gaplasha oladigan “Misha”ga topshirdi. Maxsus manbalarda uning familiyasi Talibov ekani qayd qilingan. U Amin oshxonasiga katta oshpoz sifatida kiritilgan edi. Bularning hammasi Kobuldagi norasmiy agentura hamda AQSHdagi sobiq rezident general Drazdov o‘z ishlarini a’lo qilganiga dalolat qiladi. Afg‘onistondagi operatsiya uchun u Lenin ordeni bilan taqdirlangan. “Misha” tayyorlagan va Aminga atalgan koka-kola ichimligi quyilgan qadah zaharlangan edi, biroq tasodifga ko‘ra zaharlangan qadah uning jiyani, kontrrazvedka boshlig‘i Asadullo Aminga beriladi. U zaharlanganida unga sovet harbiy shifokorlari birinchi yordamni ko‘rsatgan edi. So‘ng uni og‘ir ahvloda Moskvaga yuborishadi. Shifo topganidan so‘ng uni Qobulga qaytarishadi, u yerda uni Babrak Karmal buyrug‘i bilan otib tashlanadi. Hokimiyatda ancha o‘zgarishlar bo‘lgan edi.

Oshpoz “Misha”ning ikkinchi urunishi muvoffaqiyatli bo‘ldi. Bu safar u mehmonlar kollektividan zaharini ayab o‘tirmadi. Amin qo‘riqchilari “Misha”dan omon qolishdi, chunki ular alohida taomlanar edi. 27 dekabar kuni Hofizullo Amin sovet askarlari Afg‘onistonga kiritilishi haqidagi ma’lumotni oladi va serhasham ziyofat uyushtiradi. Uni sovet hukumati Tarakiyning o‘limi va hukumat almashgani haqidagi rasmiy afg‘onistonliklarning aytganlari qoniqtirganiga ishontirishadi. Sovet hukumati Aminga yordam sifatida o‘z askarlarini mamlakatga kiritmoqchi bo‘ladi. Ziyofatga Afg‘onistonning deyarli barcha katta lovozimdagilari taklif qilinadi. Biroq ziyofat chog‘ida juda ko‘p mehmonlar o‘zlarini yomon xis qila boshlaydi. Ba’zilari xushidan ham ketadi. Ularning ichida Amin ham bor edi. Prezidentning rafiqasi darhol sovetlar elchixonasining Markaziy harbiy gospitalga qo‘ng‘iroq qiladi. Birinchi bo‘lib terapevt polkovnik Viktor Kuznechenkov va jarroh Anatoliy Alekseyev yetib keladi. Ommaviy zaharlanish bo‘lganini aniqlab ular Hofizullo Aminni qutqarish uchun reanimatsion harakatlarini boshlab yuboradilar. Ular prezidentni qutqarib qolishadi.

Ushbu xabarga tashqi razvvedka raisi Vladimir Kryuchkovning munosabatini bir tasavvur qilib ko‘ring. Kechga yaqin mashhur “Po‘rtana-333” – Aminning “Toj-Bek” saroyini ishg‘ol qilish operatsiyasi boshlandi. Operatsiya 43 daqiqa davom etdi. Ushbu hujum barcha harbiy akademiyalar kitobiga kiritilgan. Amin o‘rniga Karmalni almashtirish uchun KGBning maxsus “Mamaqoldiroq” guruhining – “A” bo‘linmasi yoki jurnalistlarning talqinicha, “Alfa” (30 odam), “Zenit” – “Vimpel” (100 odam) hamda GRU harbiy razedkasining “musulmon bataloni” (530 odam) – maxsus 154 bo‘linma o‘zbek, turkman va tojiklardan iborat edi. Har bir rotada forsiy tilidan tarjimon ham bor edi. Ular asosan Horijiy tillar harbiy institut kursantlaridan iborat edi. Aytmoqchi, tojik, o‘zbek va turkmanlarning aksari tarjimonsiz ham Afg‘onistonning asosiy tillaridan biri bo‘lgan forsiy tilni tushunishar edi. Sovet musulmon bataloniga Habib Xolboyev qo‘mondonlik qildi. Saroyga qilingan hujumda KGB maxsus guruhidan 5 odam o‘ldi. “Musulmon bataloni”dan esa olti odam o‘ldi. Desantchilar to‘qqiz odamini yo‘qotdi. Aminni zaharlanishdan qutqarib qolgan harbiy shifokor Viktor Kuznechenkov ham halok bo‘ldi. Sovet ittifoqi Oliy Kengashining Prezidiumining maxfiy farmoni bilan 400ga yaqin odam turli xil orden va medallar bilan taqdirlandi. To‘rttasi Sovet ittifoqi qahramoni bo‘ldi. Polkovnik Viktor Kuznechenkov jangavor Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlandi (o‘limidan so‘ng).

SSSR Oliy Kengashi prezidiumining buyrug‘i yoki hukumatning qo‘shin kiritish haqida boshqa birorta ham hujjat paydo bo‘lmadi. Barcha topshiriqlar og‘zaki tarzda bo‘ldi. Faqatgina 1980 yilning iyuniga kelib, MK KPSS Afg‘onistonga qo‘shin kiritish haqidagi qarorni ma’qulladi. G‘arbda «Afg‘oniston davlat boshlig‘ining o‘ldirilishi, sovetlar mamlakatni bosib olganiga hujjatdir» deya talqin qilindi. Bu SSSRning AQSH va Yevropa bilan bo‘lgan munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Keyinroq, AQSH ham o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistonga kiritdi va u yerdagi urush hamon — 35 yildan beri davom etmoqda.

Internet ma’lumotlari asosida
Abu Muslim tayyorladi

https://shosh.uz/uz/yangidunyo-uz-afg-onistondagi-urush-qanday-boshlangan-edi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x