Yangi yil bayrami qanday bayram?

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIЙM!

Har bir bayramning o’z tarixi bor. Har bir voq`elik insonlar e`tiboriga ko’ra sharh talab etadi. Bunday sharhlar ishonarli bo’lishi uchun voq`elikni aniq dalillar(fakt va argumentlar) orqali yoritishni talab etadi. Agar shunday qilinsa nega? Qanday qilib? Nahotki?, degan savollarga o’rin qolmaydi.

Ammo voq`elikning asliyatini anglash uchun hamma ham botina olmaydi. Chunki aytilgan fikrga doim qarshi chiqadigan, g’ayrlik bilan munosabatda bo’ladigan, fitnalar chiqarishga urinadigan kimsalar doim topiladi.

Ayrim insonlar esa o’z tiynatiga ko’ra, o’zi bajarayotgan ishning ma`no mazmuniga chuqurroq kirib ko’rishni ham xohlamaydi. Bu toifa kishilar voq`elik mazmunini anglab etmagan holda turli urflarni xursand bo’lib bajarib yuradi. Ularga bajarayotgan ishlarining mazmunini tushuntiraman desang, to’mtoq ongi bilan fikringni nojo’yaga chiqaradi.

Ammo yana bir toifa odamlar borki, har bir ishning, voqeaning mazmuniga e`tibor beradi. Fasohat va farosat bilan yondoshib, sabab axtaradi. Bajarayotgan ishi xayrli bo’lsa bajaradi. Aks holda undan tiyiladi. Shunday insonlarga ko’mak bo’lsin uchun ushbu “yangi yil” haqidagi maqolani yozdik, Alloh xayrli qilsin!.

Yangi yil bayrami qanday paydo bo’lgan?

Yangi yil ilk bora Rimda Yuliy Цezarь tomonidan joriy etilgan. Цezarь miloddan avvalgi 46 yilda yangi Yuliy taqvimini qabul qildi. Yangi taqvim bo’yicha birinchi oy rimliklar xudosi YaNUS nomi bilan “yanvarь” deb ataldi. Va Yanus sharafiga ilk yangi yil bayrami o’tkazildi.

Yanus – rimliklarning ko’plab xudolaridan biri bo’lib, rimliklar uni qo’shyuzli qilib tasvirlashgan. Bu ilohning boshida ikkita yuz bo’lib, birinchi yuzi oldiga, ikkinchisi orqaga qarab turgan.

Shu sababli nasroniylik dini ilk tarqalgan davrda Iso alayhissalom qavmi bu bayramni nishonlashmagan, aksincha ko’pxudolik dini asorati sifatida unga qarshi bo’lishgan.

So’ngra bu bayram asta-cekin Rimga tobe xalqlar orasida tarqalib, qadriyat sifatida shakllana borgan. So’ngra Yunoniston, Misr, yaqin sharq mamlakatlari va Evropaning janubiy hududlarida keng yoyila borgan.

Rossiyaga yangi yilni Evropadan Petr I olib kelgan. Aynan uning farmoni bilan 1700 yildan boshlab yangi yil rasman nishonlana boshlagan. Ungacha Ruslar ham yangi yilni 21 martda nishonlashgan. Eng qizig’i shuki, unda Ruslar yangi yilni kunduzi nishonlashgan.

Ichkilikbozlik, aysh-u ishrat qilishmagan. Aksincha sayllar tashkil etilgan. Turli musobaqalar o’tkazishgan. Ko’chatlar ekishgan. Odamlar yangi yilda erlarni o’zlashtirish, dehqonchilikni yo’lga qo’yish bo’yicha maslahatlar qilishgan. (M. Zadornovdan olindi)

Yangi yil bayrami Sovet davrida ham ancha bahslarga sabab bo’ldi. Ma`lumki 1919 yildan Sovetlar grigorian taqvimiga o’tishdi. Ammo yangi yil bayrami ta`qiqlanmadi, aksincha grigorian taqvimi asosida nishonlana boshlandi.

Biroq Sovet hukumati tomonidan yangi yil rasman tan olinmagan. 1930 yildan to 1947 yilgacha 1 yanvarь oddiy ish kuni hisoblangan. Faqat 1947 yilga kelib SSSR Oliy Soveti Prezidiumining qarori bilan 1 yanvarь bayram kuni, deb e`lon qilingan.

Yangi yil timsollari

Yangi yil bayrami timsoliga aylangan Archa shimol xalqlari uchun muqaddas sanalgani uchun bayram tarkibiga kiritildi. Aslida esa qadimdan shimol xalqlarida archa kulьtiga sig’inish, bayramlarda uning atrofida aylanib tilaklarini aytish odati mavjud bo’lgan. Shimolliklarda qish davrida meva va boshqa mahsulotlar taqchil bo’lgani uchun Archani turli mevalar, o’yinchoqlar bilan bezatish ham urfga aylangan.

Qorbobo va Qorqiz obrazlari ham qadimgi slavyan afsonalari qahramonlari sanaladi. 

Qorbobo yoki Ayozboboning ilk obrazi slavyanlarning milliy dinlari ta`sirida shakllangan. Qorbobo qadimda qish va ayoz ilohi sanalgan. Ruslar Nasroniylikni qabul qilgach, ko’pxudolik elementi sifatida ta`qiqlanib undan voz kechilgan. Ammo 18 -asrga kelib slavyanlar ongida muhrlanib qolgan iloh, yangi yil bayrami bahonasida mo’jizaviy ishlarga qodir, mehribon va saxiy qahramon sifatida qaytib kelgan.

O’zbekistonda yangi yil qachondan nishonlanadi?

Manbalarga ko’ra o’zbeklar orasida bu bayram 19 asrdan boshlab nishonlana boshlangan. O’zbekistonda “yangi yil bayramining Rus varianti” nishonlanadi. Istilochi ruslar bilan yangi yil kirib kelgan ilk davrda mahalliy aholida yangi yil bayramini o’tkazishga nisbatan nafrat kuchli bo’lgan. Shu sababli yangi yil bayrami Chor Rossiyasining xos tabaalari, rusofillar va ruslarning xizmatida bo’lganlar orasida yashirincha nishonlangan.

Йillar o’tib Rossiya bilan aloqalar mustahkamlanib, aholi integrasiyasi rivojlanib, madaniyatlar uyg’unlashib borgani sari yangi yilni nishonlovchilar soni ham oshib borgan. Ayniqsa Sovet davrida mahalliy aholining Rossiya o’quv yurtlarida ta`lim olib qaytgan vakillari orasida bu bayramni oshkora nishonlash xolatlari bayramning keng ommalashuviga olib kelgan.

1947 yilda SSSR Oliy Soveti Prezidiumining qarori bilan 1 yanvarь kuni bayram kuni deb e`lon qilingach esa, O’zbekistonda yangi yil rasman nishonlana boshlangan.

XX asrning ikkinchi yarmida esa, yangi yil deyarli har bir xonadonda, tashkilotlarda keng nishonlanishi kuzatiladi.

1991 yilda O’zbekistonda mustaqillik e`lon qilingach ham yangi yil bayrami rasmiy bayram sifatida saqlab qolindi.

Yangi yil va Rojdestvo bayramlarining farqi nimada?

Hozirgi kunda o’zbeklar orasida yangi yilning Rimliklar ilohi YaNUS sharafiga joriy etilganligini biladiganlar juda kam. Aksincha mutlaq ko’pchilik bu bayramni nasroniylar bayrami, deb biladilar. Sof e`tiqodli nasroniylar bu bayramni rasman nishonlamasligi, aksincha qarshi ekanligini esa bilishmaydi.

Nasroniylar nishonlaydigan bayram esa “Rojdestvo” bo’lib, bu bayram o’zbek tilida “mavlud kuni” deb ataladi. Unda Iso alayhissalom tug’ilgan kun bayram qilinadi. Rojdestvo yangi taqvim bo’yicha katoliklar va protestantlarda 25 dekabrda, Rus, Serb, Arman-grigoryan, sharqiy katolik cherkovlarida esa yulian taqvimi bo’yicha 25 dekabrь – yangi grigorian taqvimi bo’yicha 7 yanvarda nishonlashadi.

Aslida Iso alayhissalomning mavlud kunini nishonlash ham joiz ish emas. Chunki Iso alayhissalomning o’zi hech kimni bu ishga buyurmagan. Balki mavlud kunini nishonlash o’sha davr nasroniylari tomonidan Rimliklarning 25 dekabrda nishonlaydigan Quyosh xudosi kunini omma ongidan forig’ qilish uchun ta`sis etilgan.

Xulosa o’rnida

Yangi yil bayramini nishonlash har kimning o’z ixtiyorida. Kimdir uni nishonlasa qarshilik qilinmaydi. Ushbu bildirilgan fikrlar xolislik bilan “tafakkur qiluvchilar” uchun yozildi. E`tiqod musaffoligini his qilmaydigan fosiq kimsalar buni anglamasalar balki tanqid qilar. Tortinib yoki kimdandir cho’chib fikrimizni bildirmaslik bizning tiynatimizda yo’q.

Qolaversa bu erda keltirilgan hech bir fikr yangilik emas. Barcha argumentlar aniq tarixiy manbalar asosida yig’noqlandi va o’quvchi uchun ixcham xolda berildi.

E`tiboringiz uchun rahmat!

tarjumon.uz

Muallif: ANVAR BO’RONOV

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x