YANGI TUG‘ILGAN BOLAGA SUYUNCHI PULINI QAYERDAN VA QANCHA MUDDATDA OLISH MUMKIN ?

YANGI TUG‘ILGAN BOLAGA SUYUNCHI PULINI QAYERDAN VA QANCHA MUDDATDA OLISH MUMKIN ?

⚡️SAVOL;
Men bundan uch oy oldin farzandli bo‘ldim lekin xechqanday suyunchi puli olganim yo‘q. Xozir xam murojaat qilsam o‘sha pulni olishim mumkinmi yoki muddat o‘tib ketib bo‘ldimi ?

⚡️JAVOB;
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 maydagi 327-son qaroriga birinchi ilova qilib keltirilgan «Ma’muriy reglament»ga ko‘ra, suyunchi puli bola tug‘ilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida murojaat qilingan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan ajratiladi va nafaqa puli nafaqa yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot tomonidan to‘lanadi. Ushbu muddat o‘tgandan keyin nafaqa to‘lanmaydi.

❗️Demak Siz 6 oylik muddat o‘tib ketmaganligi sababli hozir xam murojaat qilib ushbu mablag‘ni olishingiz mumkin.

❗️Ushbu mablag‘lar;

🟢 ishlayotgan ayollarga – ish joyidan;

🟢 ta’lim olayotgan ayollarga – o‘qish joyidan;

🟢 o‘qimaydigan va ishlamaydigan ayollarga – eri ishlaydigan yoki o‘qiydigan joyidan;

🟢 o‘qimaydigan va ishlamaydigan ota-onalarga – Pensiya jamg‘armasi tomonidan to‘lanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x