Yangi O‘zbekiston universitetida mahalliy talabalar uchun bir yillik kontrakt narxi 49 mln 700 ming so‘m ekanligini ma’lum qilindi. Xorijiy talabalar uchun esa 10 ming dollar etib belgilandi.
Bu haqda universitetning veb-saytida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra,
• mahalliy talabalar uchun bir semestrga 24 mln 850 ming so‘m (bir yil uchun 49 mln 700 ming so‘m);
• xorijiy talabalar uchun esa bir semestrga 5 ming dollar (bir yil uchun 10 ming dollar) etib belgilangan.
Ma’lumot uchun, yangi universitetda qabul imtihonlarini Kembrij universiteti o‘tkazadi. O‘quv reja va dasturlari Massachusets texnologiya instituti hamda Myunxen texnika universiteti bilan birgalikda ishlab chiqiladi.
Sentyabrda ish boshlaydigan OTMda 5 ta — muhandislik, tabiiy fanlar, boshqaruv, agrotexnologiyalar va axborot texnologiyalari fakultetlari bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi marta Shavkat Mirziyoyev 2019 yil mart oyida poytaxtda prezidentlik universiteti ochilishini ma’lum qilgan edi.