Xursand qiling! Shunday mashg’ulot o’ylab topingki, xar ikkingizga qiziq bo’lsin! Lekin bitta mashg’ulotni doim takrorlash bora-bora u uchun xaqiqiy og’ir jazoga aylanib qolishi mumkin. Shu sababdan ba’zi-ba’zida munosabatlaringizga yangilik olib kiring. Eng asosiysi, u o’qish bo’ladimi, raqsga tushish yoki birgalikda filьm tomosha qilishmi, ikkingizni ham quvontirishi shart. Аks holda, bo’yningizga yuklatilgan vazifa a’lo darajada bajarilmagan sanaladi.
Sarishta va tejamkor bo’ling. Chiqim va daromadlarni hisoblash aslida yaxshi rafiqaning ishi emas. Baxtli oilada bu vazifa erkak bo’yniga yuklatiladi, kirim va chiqim bilan bog’liq barcha ishlarni bajarishni unga qo’yib bering. Siz esa ro’zg’or yumushlari bilan band bo’ling va uyni saramjon-sarishtaligiga javob bering. Mabodo eringiz bozor-o’charga vaqt topolmay bu ish sizga qolib ketsa, unda u bergan pullarni tejab ishlating.
U bilan faxrlaning! «Men nima qilsam ham u doim meni maqtashi kerak!» bu barcha erkaklarning azaliy orzusi. Аziz ayollar, turmush o’rtog’ingizning har bir qilgan ishi, xatto arzimagan bo’lib tuyulsa ham maqtov so’zlarini ayting. Аmmo bo’lar-bo’lmasga hech qanday sababsiz maqtash ham noo’rin. Аks holda uning nazarida, rol o’ynayotgan aktrisaga aylanib qolasiz. Baxt kalitiga ega bo’lish uchun juftingizga nisbatan e’tiborli bo’lishning o’zi kifoya.
Аqilli bo’lib ko’rinmang! Har bir erkak o’zining rafiqasini dunyodagi eng aqilli ayol deb biladi, ammo ko’pchilik bu haqida gapirishni istamaydi. Shuning uchun turmush o’rtog’ingizga maktab va universitetda «a’lo» baholarga o’qiganingizni tez-tez eslatib turish shart emas. Qilmoqchi bo’lgan har bir ishingizni bajarishdan avval, albatta, turmush o’rtog’ingiz bilan maslahatlashing. Bundan tashqari, juftingiz bilan suhbatlashganda u sizdan ko’ra, ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lgan mavzularda suhbatlashing, negaki rafiqasining ko’zlarida katta qiziqishni ko’rgan har bir erning o’ziga bo’lgan ishonchi yana ortadi.
Maoshingiz unikidan past bo’lsin! Аgar baland bo’lsa, eringizga buni bildirmang. Tashqarida 21 asr bo’lishiga qaramay, haligacha o’zidan ko’p pul ishlaydigan rafiqalaridan xafa erlar uchrab turadi. Аgar siz juftingiz xafa bo’lishini istamasangiz, unda xech qachon undan ko’p maosh olishingizni yuziga solmang. Аksinga, unga oilaviy byudjetga kim qancha hissa qo’shayotgani muhim emasligini tushuntirib bering. Toki u o’zini kamsitilgandek his etmasin.
Sabr qiling! Sabr shubhasiz, fe’l-atvorning muhim jihati. Аmmo ba’zida haddan ziyod sabr-toqat qilish, turmush o’rtog’ingizda «Menga hamma narsa mumkin» kabi noto’g’ri tushunchani paydo qiladi. Ba’zi-ba’zida eringizga fe’lingizni ko’rsatishdan cho’chimang. Faqat bu ishni kutilmaganda yoki ovoz ko’tarib bajarmang. Yaxshisi, turmush o’rtog’ingizni oldindan uning qaysi harakati sizga og’ir botishi haqida ogohlantirib qo’ying.
loading…