YANGI ANGREN ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI — Oʻzbekiston energetika tizimidagi yirik issiqlik elektr st-yasi; unitar korxona. Toshkent viloyati Angren shahri yaqinidagi Nurobod shaharchasida joylashgan. st-yaning oʻrnatilgan quvvati 2100 MVt, har biri 300 MVt quvvatli 7 energoblokka ega. st-ya qurilishi va tayyorgarlik ishlari 1976-yilda boshlangan. 1985 yil 3 apr. da st-yaning 1energobloki foydalanishga topshirilgan. 1995-yil 23 avg. da 7energoblok ishga tushirilgan. Energobloklarning asosiy yoqilgʻisi 1blokdan 5blokkacha — koʻmir va gaz, rezerv yoqilgʻi — mazut; 6 va 7bloklarda — gaz, zaxira yoqilgʻi — mazut. Fargʻona vodiysi, Toshkent shahri va OlmaliqOhangaron sanoat r-ni korxonalarini elektr quvvati bilan taʼminlaydi. Quvatlar 220 va 500 kV elektr uzatish liniyalari orqali tarqatiladi. 2003-yilda 5588,5 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarildi, isteʼmolchilarga 132 ming Gkal issiqlik energiyasi berildi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые