YAMATO

YAMATO — Yaponiyada mil. 3-asrning 2-yarmida vujudga kelgan qabila ittifoqi; markazi hoz. Nara shahri atrofida boʻlgan. 4-asr oʻrtalariga kelib mamlakatning katta qismini oʻziga tobe etib birlashtirgan, shu bilan birga kumaso va ebisu qabilalari qisman boʻysundirilgan. Yamato qabila ittifoqi negizida asta-sekin ilk oʻrta asr Yapon davlati shakllangan. Yaponiyada ilk temir davriga oid arxeologik madaniyatni (mil. 3-asr oxiri — 6-asrlar) ham «Yamato» atamasi bilan atash qabul qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x