DO`STLARGA ULASHING:
Rasmiy nomi — Yaman Respublikasi. Poytaxti — Sana. Hududi — 527970 km.kv. Aholisi – 23 mln.dan ortiq kishi (2012-yil). Davlat tili — arab. Dini — islom. Pul birligi — yaman riali.
Geografik joylashuvi va tabiati. Janubi g‘arbiy Osiyoda, Arabiston yarimorolida joylashgan davlat. Shimolda va shimoli sharqda Saudiya Arabistoni (chegara uzunligi — 1458 km), sharqda Ummon (288 km) bilan chegaradosh. G‘arbda Qizil dengiz, janubda Aden ko’rfazi bilan tutash. Chegarasining umumiy uzunligi — 1746 km. Hududining katta qismini tog‘li yerlar (eng baland nuqtasi An-Nabi-Shaib tog‘i — 3600 m) egallagan. Shimolda va sharqda cho‘llar joylashgan. Foydali qazilmalari: neft, tabiiy gaz, oltin, temir, mis, gips, toshko’mir, kvars, oltingugurt, yarim qimmatbaho toshlar.
Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Yaman Respublikasi Yaman Arab Respublikasi (YAR) va Yaman Xalq Demokratik Respublikasi (YXDR) ning birlashishi bilan 1990-yil 22-mayda tashkil topgan.