YAKSART

YAKSART — Sirdaryoning qadimda yunon, oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropa manbalarida uchraydigan nomi. Pliniyning maʼlumotiga koʻra, daryoni baqtriyaliklar Laksat (Yaksart), skiflar Silis deb atashgan. Klavdiy Ptolemey (mil. 2-asr) ning «Geografiyadan qoʻllanma» asarida yozishicha, Yaksart daryosi sohillari yaqinida yaksartlar degan katta qabila yashagan.

Yaksartning pahlaviycha Yaxshart shakldagi nomini sharqshunos I. Markvart Yaxsha arta — haqiqiy, toza gavhar deb izohlaydi. Yaxshagavhar soʻzi daryoning xitoycha (Chinchuxe) va turkiycha (Yinchyuoʻgʻuz) nomlarida ham mavjud. Yaksartning xitoycha transkripsiyasi — Yaosha, Yausha yoxud Yosha. Islomiyat davridagi arab (Beruniyning «Masʼud qonuni») va fors (Hudud ulolam) manbalarida — Xashart shaklida uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x