YADRO KUCH QURILMASI — yadro energiyasi hisobiga ishlaydigan kuch qurilmasi. Atom reaktori va bugʻ yoki gaz turbinasidan iborat. Reaktorda ajralgan issiqlik energiyasi turbinada mexanik yoki elektr energiyasiga aylanadi. Eng keng tarqalgan Yadro kuch qurilmasi bosim ostidagi suvsuvli reaktor hisoblanadi. Yadro kuch qurilmasida uran izotoplaridan foydalaniladi. Undagi f. i. k. 40% ga yetadi. Yadro kuch qurilmasidan muzyorar kemalar, suv osti kemalari va atom elektr stansiyasida foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые