XU SZINTAO

XU SZINTAO (1942.25.12, Anxoy provinsiyasining Szisi uyezdi) — Xitoy davlat arbobi. Xitoy KP aʼzosi (1964). Pekin universitetini tugatgan (1965). Gansu provinsiyasidagi GES qurilishida mehnat faoliyatini boshlagan. 1974-y. dan Gansu provinsiyasida qurilish boʻyicha partiya qoʻmitasi kotibi, 1980-y. dan partiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, 1982-y. dan Gansu provinsiyasi kommunistik yoshlar ittifoqi qoʻmitasi kotibi, 1984-y. dan 1kotibi, 1985-y. dan Guychjou provinsiyasi, 1988-y. dan Tibet muxtor rni partiya qoʻmitasi kotibi. 1992-y. Xitoy KP MK Siyosiy byurosi doimiy qoʻmitasi va kotibiyat aʼzosi etib saylangan. Xitoy KP MK huzuridagi Partiya maktabi direktori (1993—2002), XXR Raisi oʻrinbosari (19982002), Xitoy KP MK Harbiy kengashi raisi oʻrinbosari, XXR Markaziy Harbiy kengashi raisi oʻrinbosari (1999—2002), raisi (2004-y. dan). 2002-y. noyab. dan Xitoy KP MK Bosh kotibi. 2003-y. martdan XXR Raisi, ayni vaqtda 2004-y. sent. dan Xitoy Kurolli kuchlari Bosh qoʻmondoni. Rasmiy tashrif bilan 2004-y. Oʻzbekistonda boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x