XROMATIDA

XROMATIDA (yun. chromatos — rang, boʻyoq) — xromosomaning tuzilma elementi (q. Xromosoma). Hujayra yadrosi interfazasi davrida DNK molekulasining ikki hissa ortishi (replikatsiyasi) natijasida hosil boʻladi. Xromatida mitozning metafazasida ayniqsa yaxshi koʻrinadi. Bu davrda xromosoma 2 ta Xromatidadan iborat. Ular birlamchi belbog (sentromera) orqali oʻzaro birikkan boʻladi. Mitoz anafazasida sentromera uzilib, X. yangidan hosil boʻladigan qizlik yadrolarga tarqaladi va mustaqil (qizlik) xromosomalarga aylanadi. Meyozda gomolog xromosomalar oʻzaro yaqinlashib, toʻrtta xromatidadan iborat tetradani hosil qiladi (q. Meyoz). X. oʻrtasidagi farq krossingover natijasida yoki har xil Xromatidaning qismlari oʻrtasida oʻzaro almashinuv tufayli paydo boʻladi. Ayrim fizik va kimyoviy omillar taʼsirida bunday almashinuv tezlashadi. Almashinuvlar natijasida irsiy xilmaxillik (genetik geterogenlik) ortadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x