XRIZANTEMA (Chrysanthenum) murakkabguldoshlar oilasiga mansub, bir va koʻp yillik oʻt usimliklar turkumi; manzarali ekin. Vatani—Yevropa. 200 ga yaqin turi Hindiston va Afrikada tarqalgan. Hind X. si (C.indicum) Gʻarbiy Yevropa, Yaponiya, AQSH, Rossiya va b. mamlakatlar sanoat gulchiligida muhim ahamiyatga ega. Xrizantemaning mayda gulli va yirik gulli navlari issikxonalarda ustiriladi.
Mayda gulli Xrizantemaning bal. 50—60 sm, yon shoxlar soni kup, har bir shox gul bilan tugaydi. Gullari oq, qizil, och binafsha va h. k. Yirik guli Xrizantemaning bal. 50—70 sm, 1 yoki 2 shoxli, gullari yirik, murakkab tupgulli, diametri 6—8 sm. Yirik gulli X. aksariyat uy sharoitida ustiriladi. X. toʻpgulining chiroyliligi, uzoq muddat gullay olishi tufayli uning bir yillik turlari gulchilikda ekiladi. X. urugʻidan va 8—10 sm uzunlikdagi kalamchasidan koʻpaytiriladi. May oyida tup oraligi 40—60 sm qoldirib ekiladi. Iyun oyida yon shoxlar chilpib shakl beriladi. Okt. noyab. da gullaydi. Oʻzbekistonda Xrizantemaning Oʻzbekiston tuyonasi, Toshkent tuyonasi va b. navlari chiqarilgan.