XOʻJAKENT GES — Chirchiq daryosining yuqori qismida, Chorvoq GES dan quyirokda. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Qoronkoʻl qishlogʻi yaqinida joylashgan. Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi tarkibiga kiradi. Styada umumiy kuvvati 165 MVt boʻlgan 3 gidroagregat oʻrnatilgan. GES qurilishi 1971-y. da boshlangan. 1gidroagregati 1976-y. 10 dek. da foydalanishga topshirilgan, keyingi 2 agregati 1977-y. da ishga tushirilgan.
GES gidrouzeli tarkibiga bal. 40 m, uz. 597 m li toʻgʻon, 3 ta suv tashlama inshoot, stya binosi kiradi. GESdan elektr quvvati 110 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyasi orqali sanoat korxonalariga yetkazib beriladi. 2003-y. da 688,1 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Oʻrta Osiyo «Energiya» birlashgan energetika tizimiga ulangan.