XOʻJAGʻOR — soʻnggi paleolit davriga oid manzilgoh. Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati Qopqon qishlogʻi yaqinida joylashgan. 1954—55 y. larda A. P. Okladnikov rahbarligida Tojikiston arxeologiya ekspeditsiyasi oʻrgangan. Xoʻjagʻorda yashagan odamlar chaqmoqtoshdan qurollar yasaganlar. Xoʻjagʻordan tosh parrakchalar, chaqmoqtosh uchirindilaridan yasalgan xilmaxil qirgʻichlar, teshgichlar, parmalar, nayzasimon qurollar va b. topilgan. Tezoqarsoy manzilgohning bir qismini yuvib ketgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые