XOVDOGʻ

XOVDOGʻ — Surxondaryoning oʻng sohilidagi qir. Shim. dan janubga taxm. 15 km ga choʻzilgan, eni 5—8 km. Surxondaryo va Sherobod vohalari oraligʻida. Bal. 553 m gacha. Atrofidagi tekisliklardan deyarli tik koʻtarilgan. Tektonik jihatdan antiklinal struktura. Boʻr, paleogen, neogen, qumtosh, konglomerat, gil, ohaktoshlardan tashkil topgan. Iqlimi keskin kontinental, yogʻingarchilik kam (100—130 mm). Surqoʻngʻir tuproklar tarqalgan, efemer va efemeroidlar usadi. Neft konlari ochilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x