Xotin-qizlarga oliy ta’limda o‘qishlari uchun qo‘shimcha imtiyoz berildi.

YANGI FARMON.

🟢 Xotin-qizlarga oliy ta’limda o‘qishlari uchun qo‘shimcha imtiyoz berildi.

📃 07.03.2022 yil kuni PF–87-son “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

✅ Farmonga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab:

🟢 Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlar har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomalariga asosan davlat OTMlariga umumiy kvotadan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadigan bo‘ldi.

❗️Bu nima degani ?
Bu shuni bildiradiki, Siz mutahassisligingiz bo‘yicha biror rasmiy joyda ishlaysiz lekin ma’lumotingiz oliy emas. Shunday holatda Sizni ishlagan ish stajingiz kamida 5 yil bo‘lsa yuqoridagi qo‘mitaning tavsiyanomasiga asosan Siz o‘zingizdek kamida 5 yil ishlagan lekin ma’lumoti oliy bo‘lmaganlar bilan birga imtihonga kirasiz va raqobat xam ular bilan bo‘ladi. Ya’ni, Sizlar odatiy abituriyentlardan farqli o‘laroq o‘zlaringiz uchun ajratilgan 500 talik kvotalar uchun kurashasizlar. Faqat bu kurashda grant bo‘lmaydi. Imtihondan o‘tganlarning barchasi kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

✏️ Oliy ma’lumotli bo‘lish armon bo‘lib qolgan yoki o‘zi ishlamoqchi bo‘lgan joyda ma’lumoti sababli ishlay olmayotgan xotin-qizlarga bu OTMga kirish uchun yaxshigina imkoniyat. Sababi, aloxida 500 talik kvotada nishonga urish odatiydan ko‘ra ancha osonroq bo‘ladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x