O’rta Osiyo hududidagi ilk davlat tizimlari to’g’risida qadimgi yozma tarixning eng noyob manbasi hisoblangan “Avesto” kitobi, qadimshunos olimlarning turli hududlarda olib borgan arxeologik – qidiruv ishlari, ularning muhim natijalari muhim manba hisoblanadi.
Shuningdek, qadimgi Yunon, Rim va Eron manbalari asosida bu masalani oydinlashtirish, etarli fikrlarni aytish mumkin bo’ladi. Bu o’rinda Yunon, Rim mualliflaridan Geradot, Polibiy, Ktesiy, Strabon, Arrian va boshqalarning asarlari, yodnomalari, Forsiy mixnat yozuvlari, shuningdek, arxeologik izlanishlar olib brogan Ya.G’ulomov, S.Tolstov, V.Masson, A.Asqarov, E.Rtveladze, A.Sa’dullaevlarning ilmiy tadqiqotlari alohida ahamiyatga molikdir.
Xorazm davlati egallagan hududlar hozirda Xorazm erlari chegaralanib qolmay, balki undan janubga, ya’ni Marv (Turkmaniston), Hirot (Avg’onistonning shimoli) atroflariga qadar ham yoyilgan.
Miloddan avvalgi so’nggi ming yillikning boshlariga tegishli “Amirobod madaniyati”, Quyi Amudaryo havzasida yuzaga kelgan o’ziga xos sun’iy sug’orish inshooti tizimi hamda dastlabki shaharsozlik timsoli bo’lgan shahar – qal’alar- Qal’aliqir, Ko’zaliqir va boshqalar bular Xorazm vohasida davlat tuzumlari mavjudligidan dalolat beradi – Umumelatlar, qavm – qabilalar manfaatlariga xizmat qiladigan muhim o’zgarishlar davlat boshqaruv yo’li bilangina amalga oshirilishi mumkin bo’ladi. Qadimshunos Ya.G’ulomov tomonidan Xorazmda aniqlangan 200 km uzunlikdagi, eni bir necha metrdan iborat bo’lgan kanal o’zagi, obod dehqonchilik madaniyati Xorazm davlati qadimdan insoniyatning yirik madaniy markazlaridan biri sifatida shuhrat topganligidan dalolat beradi. “Avesto” da Xorazm Markaziy Osiyoda rivoj topgan, o’z hududi, chegaralariga ega bo’lgan davlatlardan biri sifatida tilga olinishi ham bejiz emas. Geradot ma’lumotiga qaraganda, qadimgi Oks daryosi bo’yida 360 dan ziyod sun’iy sug’orish kanallari, suv inshootlari barpo etilib, cho’lni, sahroli hududlarga suv chiqarilib, dehqonchilik uchun ekin maydonlari kengaytirib borilgan. Geradot taassurotlarida Xorazm o’lkasida yashagan aholi dehqonchilikdan katta tajribaga ega bo’lib, ular donli, dukkakli ekinlar, masalan, bug’doy, arpo, suli, meva – sabzavotchilik mahsulotlarini etishtirganliklarini qayd etib borganlar. Xorazm shaharsozligida xom g’isht, paxsalardan keng foydalanilgan, binolarning tashqi va ichki ko’rinishlariga maxsus ishlov berilib, ularning mustahkamligi, o’ziga xos ko’rkamligi ta’minlangan. Xorazm vohasida huranmandchilik, tog’ – kon ichlari ancha rivoj topgan. Bu erdan qazib olingan qimmatbaho zumrad toshlarga ishlov berilib, yuksak sifat ko’rsatgichiga eyganidan keyingina u muhim tayyor mahsulot sifatida foydalanishga chiqarilgan. Xorazm zumradi, Sharqning bir qator, jumladan, Eron, Xitoy, Hindiston, Misr singari mamlakatlarga ham yuborilgan.
Xorazmda aholining bir qismi chorvachilik bilan shug’ullangan, ularning tuya, ot, qo’y – echkilardan iborat suruvlari bo’lgan.
Xorazm davlatida hukmronlik qilgan sulolalar to’g’risida ma’lumotlar hozirgacha aniq emas. Rivoyatlarga ko’ra, Xorazmning qadimiy siyosiy sulolasi Siyovushlar bo’lganligi zikr etiladi. “Avesto” da ta’kidlanishicha, Siyovush Kaykovusning o’g’li bo’lgan. Siyovushronning o’limidan so’ng uning nabirasi Kova Xisrav bobosi qotilidan o’ch olib, Xorazmda birinchi sulolaga asos soladi. Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida ta’kidlashicha, Xorazmga aholi miloddan avvalgi 1292- yilda kela boshlagan deb ko’rsatadi. Siyovushning Turonga kirib kelgan sanasi esa miloddan avvalgi 1200- yil belgilangan.
Miloddan avvalgi III asrlarda Xitoyning shimoliy g’arbiy chegaralaridan Sirdaryoning o’rta oqimi havzalarigacha bo’lgan juda katta maydonda turkey tilda so’zlashuvchi ko’p sonli chorvador qabilalari yashab kelgan. Ular xunnlar, sak usunlar, yuechjilar va boshqa nomlar bilan mashhur bo’lganlar. Ular yaylovlar uchun doimo bir – birlari bilan to’qnash kelganlar. Ayni paytda siyosiy hukmronlik uchun ham kurash qizg’in edi.
Shimoliy – G’arbiy Xitoy va Sharqiy Turkiston hududlaridan Markaziy Osiyoga ko’chmanchi chorvador qabilalarning kirib kelishi bu mintaqada muhim siyosiy o’zgarishlarga olib keldi.
Hozirgi O’zbekiston hududida Qadimgi Xorazm davlatidan tashqari Choch, So’g’d hududlarini o’z ichiga olgan qudratli Qang’ podsholigi (Miloddan av. III asr) Parkana –Farg’ona davlati, Baqtriya, Yunon – Baqtriya davlati tashkil topdi. Yunon – Baqtriya davlatining asosini Baqtriya, So’g’diyona, Marg’iyona tashkil etadi.
Qang’ davlatining joylashgan o’rni haqida olimlar o’rtasida yangicha qarashlar mavjud. A.Asqarovning fikricha, hozirgi Toshkent va Sirdaryo viloyatlari ham Janubiy Qozog’iston erlarida yashovchi sak qabilalarning makedoniyalik Iskandar qo’shinlari va Salavkiylarga qarshi kurashlari jarayonida miloddan avvalgi III asrda yarim o’troq Qang’ davlati tashkil topadi degan xulosaga keldi.
A.Asqarovning fikricha, Qang’ davlatining asosiy erlarini Toshkent vodiysi, Talas vodiysi, Chu daryosining quyi oqimlaridan, daryosigacha bo’lgan joylarni tashkil etgan. Qadimgi Xorazm va So’g’d erlari ham Qang’ davlatiga tobe bo’lgan.
Qang’ davlatining ikkita markazi – Qanxa (Qang’diz) va O’tror (Turband) shaharlari bo’lgan. Qanxa shahri Toshkent vohasida, O’tror shahri esa Aris daryosi quyi oqimida joylashgan.
Qang’ davlati haqida Xitoy manbalarda ham ma’lumotlar bor. Xitoy tarixchisi Si – Ma- Syan’ miloddan avvalgi II asrning oxirlarida O’rta Osiyoga kelgan Xitoy elchisi va sayyohi Ijan’ – Syan’ ma’lumotlariga asoslanib, bu hududda ko’chmanchi Qang’yuy yoki Qandzyuy davlati mavjudligi haqida yozadi. Uning ta’kidlashicha, Qang’yuy davlati aholisining urf – odatlari yuechjilar urf– odatlariga o’xshash ekan.
Xitoy manbalaridagi ma’lumotlarga ko’ra, Anvsi (Parfiya) shimolda Qang’yuy bilan chegaradosh bo’lgan.
Bu ma’lumotlarga ko’ra, Qang’yuy yoki Qanha davlati tarkibiga qadimgi Xorazm, Choch va So’g’diyona ham kirgan. Miloddan av. II asrda Qang’yuy davlati o’z taraqqiyotining yuksak darajaga erishadi.
Qang’ davlati o’sha davrda vujudga kelgan ilk quldorlik davlatlardan biri edi.
Miloddan avv. I ming yillikning I yarimida Xorazmda patrialxal quldorlik jamiyati shakllana borib, mil. avv. II asrda ham bu jarayon davom etadi. Bu jamiyat chorvador yarim o’troq jamiyati bo’lib, ularning asosiy mulki boyligi chorva, chorva mollari boqiladigan yaylovlarda bo’lgan. Boy chorvador toifasi chorvadorlar harbiy aristokratiyasini tashkil qilgan. Bunday hodisa chorvador zodagonlarga, patriarxal qullarga bo’linish ro’y bergan. Hunarmandchilikning qishloq xo’jalikdan ajralish jarayoni yuz berdi.
Xorazmda patrialxal quldorlik jamiyati vujudga kelgan bo’lsada, urug’ — qabilachilik tartiblari saqlanib qoladi. Jamiyat negizini urug’ tashkil qilgan. Bir necha urug’ birlashmasi qabilani, bir necha qabilalar birlashmasi qabilalar ittifoqini tashkil qiladi. Urug’ qabila, qabilalar ittifoqi alohida saylangan oqsoqollar boshliqlari tomonidan saylangan. Qanha davlatida qurilgan shaharlarning ko’p bo’lishiga qaramay yangi shaharlar qurilishiga, sug’orish inshootlarini barpo etishga alohida e’tibor berilgan. Jonbos qal’a shular jumlasidandir.
Qang’yuylar davrida Xorazmda pul munosabatlari vujudga kelib ular o’z tangalarini Kushon podsholari tangalariga taqlid qilib zarb qila boshlaganlar. Tanganing yuz tomonida shoh tasviri, orqasida esa Xorazmlik chavandoz tasviri solingan. 1940 – yilda Tuproqqal’adan topilgan “nomsiz podsho” tasviri tushirilgan tangalar o’sha davrda tanga zarb qilish texnikasi va tasviriy san’atni yuksak darajada bo’lganligidan darak beradi.
Xorazmda miloddan avvalgi . II – I asrlarda va milodiy I yuz yilliklar davrida harbiy texnika sohasida ham katta yutuqqa erishilgan. S.P.Tolstovning fikricha, harbiy taktikaning yangi usuli qo’llannilgan va keyin butun O’rta Osiyoga yoyilgan. Bu yangi texnikaning mohiyati shundan iboratki, jang vaqtida og’ir sovut kiygan, o’q – yoy, uzun nayza, qilich va pichoq bilan qurollangan va zixrlangan otga mingan chacandoz zich saf tortib hujum qilganlar. O’q – yoy uchlari tez va muvozanat saqlash uchun ularning ketiga burgut paridan ishlangan alohida moslama taqilgan.
Arxeologik qazishmalar natijasida Ural hududidan topilgan ilk Xorazm tangalari kumush buyumlar, Xorazm davlati Volga bo’yi, Kavkaz oldi va janubiy Ural oldi hududlari bilan keng iqtisodiy va madaniy aloqada bo’lganligidan dalolat beradi.
Milodiy I asr boshlarida Xorazm davlati Kushonlar imperiyasi tarkibiga kiradi.
Xullas, Qanha davri Xorazm tarixida o’lkaning iqtisodiy, siyosiy, harbiy va madaniy jihatdan rivojlanishi bilan tasniflanadi. Xo’jalikning eng asosiy tarmog’i dehqonchilik va chorvachilik hisoblanadi. Bu davrda sug’orish inshootlari qal’a devorlari qurilgan, sug’orilgan maydonlar kengaytirilgan.