XORAZM TEATRI

XORAZM TEATRI, Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatri — Oʻzbekistondagi koʻhna teatrlardan biri. 1922-y. 2-martda «Hukumat uyi» nomi bilan Hamza boshchiligida tashkil boʻlgan. Yetuk sanʼatkor Masharif Polvonov rahbarligida teatr poydevorini yaratgan 12 kishidan iborat (Safo Mugʻanniy, Q. S. Saroymonov, U. Qurboniy, R. Yusupov, O. Bekchurina, M. Yoqubov (Sheroziy), Q. Qutliyev, M. Xarratov, Sh. Saloyev, J. Qalantarov va b.) truppa oʻz faoliyatini kichik asarlar sahnalashtirishdan boshlagan. Hamza oʻz asarlari asosida sahnalashtirgan «Boy ila xizmatchi», «Tuhmatchilar jazosi», «Zaharli hayot», «Fargʻona fojialari», «Qarmoq», «Telefon», Mannon Uygʻurning «Turkiston tabibi», Gʻulom Zafariyning «Erk bolalari» kabilar teatrda qoʻyilgan ilk spektakllar boʻlib, bosh rollarni Masharif Polvonov, Yoqub Devonov, Oysha Bekchurina, Xanskiy, Xanskaya singari aktyorlar ijro etganlar. 1933-y. Xorazm markazi Urganchga koʻchirilishi munosabati bilan teatr ham Urganchga koʻchirilib, Xorazm okrug davlat musiqali drama teatri nomini olgan. Respublikaning turli viloyatlaridan isteʼdodli sanʼatkorlar jalb etildi. M. Sheroziy, R. Omonov, K. Rahimov, Q. Iskandarov, Q. Boyjonov, M. Safoyev, O. Xudoyorova, M. Xudoyorov, S. Devonov, S. Hojiyeva, O. Roʻzmetova, R. Musayev, S. Musayeva, V. Fayozov, O. Qoriyeva, 3. Qobulov, Tamaraxonim, A. Turdiyev, Oxunjon sizis, S. Olimov, Sh. Ramazonov va b. shular jumlasidan. 2-jahon urushi yillari teatr jamoasi harbiy qismlarga xizmat qildilar. Urushdan keyingi yillar M. Sheroziy, H. Boltayev, K. Otaniyozov, V. Fayozov, Q. Boyjonov, N. Boltayev, N. Yusupova, S. Rahimova, S. Devonov, M. Raximov, 3. Gʻafforova, R. Otajonova, R. Boyjonova, M. Yusupovdek sanʼat atkorlar teatrni yuksak pogʻonalarga koʻtardilar. «Makr va muhabbat», «Layli va Majnun», «Farhod va Shirin», «Tohir va Zuhra», «Alpomish», «Oshiq Gʻarib va Shohsanam», «Hamlet», «Qaroqchilar», «Monserro» va b. 50—60ylar yaratilgan eng yaxshi spektakllardir. 70—80-y. lar teatrda yuksalish davri boʻldi. 3. Qobulov, A. Muhamedov, H. Islomov, H. Appanov, I. Niyozmatov singari malakali rej. lar dolzarb va badiiy toʻlaqonli asarlar saxnalashtirdilar. Istevdodli yosh ijodkorlar teatr jamoasiga kelib qoʻshildi. «Kechikkan sevgi» (A. Ostrovskiy), «Mindaugas» (Marsinkyavichus), «Hijron» (S. Rahmon), «Beruniy» (Uygʻun), «Ibn Sino» (Shalomayev), «Oltin devor» (E. Voxidov), «Qaroqchilar» (F. Shiller), «Ajdodlar qilichi» (E. Samandarov) kabi spektakllar shu yillar mahsulidir.

Mustaqillik yillari teatr Xorazm ijodkorlari bilan yaqindan hamkorlik qilishi uning ijodiy ravnaqiga ijobiy samarasini berdi. N. Solayev, Q. Matrizayev, Hayitmat Rasul asarlari teatr repertuarini boyitibgina qolmay, uning ijodiy takomillashuviga katta hissa boʻlib qoʻshildi. Komil Avazning «Marvarid taqqan ayol», «Feruz», «Ogahiy» musiqali dramalari, «Jobbi jujakning hiylasi», «Tashkildagi hangoma», «Javohir», «Tili asalim», «Nilufar», «Javlon jurra» komediyalari; «Avesto — mehr farzandi» spektakli soʻnggi yillar sahnalashtirilgan eng yaxshi spektakllardir. Teatrga turli yillarda M. Polvonov, S. Saroymonov, 3. Qobulov, X. Appanov, H. Islomov, I. Niyozmatovlar bosh rej. lik, L. Abdullayeva, O. Ollaberganov, S. Qodirov, P. Kichkolar bosh rassomlik, A. Otajonov, H. Bobojonovlar bosh dirijyorlik, N. Shabanov, 3. Gʻafforovalar bosh baletmeysterlik qilib keldilar.

Hoz. kunda (2005) G. Raximova, M. Bobojonov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlardan Sh. Ramazonova, O. Bobojonov, O. Togʻanov, J. Nurlayevlar, artistlardan K. Tojiboyev, Sh. Shomurodov, A. Yoʻldoshev, P. Matyokubov, R. Qoʻchqorov, S. Jumaniyozovlar teatrning yetakchi aktyorlaridir. Teatrning bosh rej. i — M. Quryozov, bosh rassomi — B. Bekmurodov.

Toshpoʻlat Tursunov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x