XORAL (lot. cantus choralis — xor ijrochiligi) — Yevropa professional musiqasining ilk shakli, bir ovozli cherkov xori ijrosiga moʻljallangan diniy (xristian) mazmundagi asar. Qogozga tushirilgan ilk nusxalari 8 — 9-a. larga taalluklidir. Klassitsizm davrigacha X. koʻp ovozli musiqa (xususan, polifoniya)nang asosiy manbai vazifasini bajargan. X. kuylarini qayta ishlash yoʻli bilan 10—17 a. lardagi koʻpgina musiqa janrlari va shakllari qaror topdi (organum, antifon, responsoriy, motet, messa, kantata, X. prelyudiyask, Xoral fantaziyasn va b.). I. S. Bax, G. F. Gendel, V. A. Motsart, P. Chaykovskiy, S. Taneyev, S. Raxmaninov, oʻzbek kompozitorlaridan M. Burhonov, Ik. Akbarov, M. Tojiyev va b. X. ning badiiyifodaviy imkoniyatlaridan ijodiy foydalanishgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые