XONTOʻRAYEV Turgʻunboy Anorboyevich (1935.31.12, Andijon viloyat Asaka sh.) — Oʻzbekiston xalq artisti (1988). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1957). 1954-y. dan Hamza teatri (hoz. Oʻzbek milliy akademik drama teatri) aktyori. «Qutlugʻ qon» (Oybek) spektaklidagi Mirshab obrazi bilan oʻz faoliyatini boshlagan. Kichik rollarni ham maromiga yetkazib ijro etish, qahramonining ichki va tashqi kechinmalarini atroflicha ochishga urinish, ular orqali ulkan badiiyfalsafiy umumlashmalar mujassam eta olish X. ijodiga xosdir. Idris (M. Dib, «Jazoir — mening Vatanim») , Goʻrkov (U. Shekspir, «Hamlet»), Sayyor (O. Yoqubov, «Yurak yonmogʻi kerak»), Miller (F. Shiller, «Makr va muhabbat»), Shokirboy (B. Avazov, «Furqat»), Boqijon (R. Bobojon, «Togʻa jiyanlar»), Seydizo (M. Kaoru, «Oʻgʻirlangan umr»), Sayfiqori (F. Musajonov, «Oq kabutar»), Bobo Kayfiy (M. Shayxzoda, «Mirzo Ulugʻbek»), Maymandiy (Uygʻun, «Abu Rayhon Beruniy»), Musulmonqul (I. Sulton, Abdulla Qodiriyning «oʻtgan kunlari») va b. uning teatrda yaratgan eng yaxshi obrazlaridan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые