XONQIZI QOʻNGʻIZLARI

XONQIZI QOʻNGʻIZLARI, koksinellidlar (Coccinellidae) — asosan, yirtqich qoʻngʻizlar oilasi. Xonqizi qoʻngʻizlarining tana uz. 3—7 mm, usti doʻmboq. Koʻpchilik turlari yorqin tusda boʻlib, odatda, ustqanotlarida chiziq va dogʻlar bor. Tuxumi koʻpincha toʻq sariq, 20—25 tasini toʻptoʻp qilib qoʻyadi. Qurtlari serharakat, oʻsimliklarda ochiq hayot kechiradi. Koʻpgina Xonqizi qoʻngʻizlari — yirtqich entomofag. Qoʻngʻiz va lichinkalari oʻsimlik bitlari, oʻrgimchakkanalar, koksidlar, barg burgalari, kanalar va b. bilan oziklanadi. Faqatgina Epilachninae kenja oilasi va Bulae Muls. urugʻiga mansub baʼzi turlari oʻsimlikxoʻr boʻlib, zarar keltiradi. Xonqizi qoʻngʻizlarining 2 mingga yaqin turi maʼlum; jumladan, Oʻzbekistonning sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqalarida 40 ga yaqin turi tarqalgan. Ekinlar biotsenozida yetti nuktali Xonqizi qoʻngʻizlari (C.septempunctata L.); ikki nuktali Xonqizi qoʻngʻizlari (Adaliabipunctata L.) va b., shuningdek, keng tarqalgan akarifag — oʻrgimchakkana kushandasi — nuktali stetorus (Stethorus punctillum Ws.) katta ahamiyatga ega. Bitta qoʻngʻizi bir kunda 50—100, lichinkasi esa 85 tacha oʻsimlik bitini yeydi. Xonqizi qoʻngʻizlaridan oʻsimliklarni zararkunandalardan biologik himoya usulida foydalaniladi. Buning uchun qoʻngʻizlarni yigʻib, oʻsimlik bitlari koloniyasiga qoʻyib yuboriladi. Xonqizi qoʻngʻizlarini soʻruvchi zararkunandalarga qarshi 1:20 nisbatda tarqatilsa, kimyoviy vositalardan foydalanmaslik ham mumkin.

Oʻzbekistonda poliz X. q. (Epilachna chrysomelina F.) va 19 nuqtali lavlagi X. q. (Bulae lichatchovi) ekinlarga zarar keltiradi. Ularga qarshi xlorofos (1,5 kg/ga), karbofos (1—1,5 kg/ga) va b. insektitsidlarning suvli emulsiyasi sepiladi.

Shomil Xoʻjayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x