XONQIZ NEFT-GAZ KONI

XONQIZ NEFT-GAZ KONIFargʻona viloyatidagi kon, Fargʻona sh. dan 27 km jan. gʻarbda. 1957-y. da ochilgan va ugla yili ishga tushirilgan. Kon relyefi yassi, ikki adir oraligʻidagi vodiydan iborat. Xonqiz strukturasi QopchigʻayAchchisoy antiklinoriysi chegarasida joylashgan boʻlib, kenglik boʻyicha choʻzilgan braxiantiklinaldan iborat. Neogen yotkiziqlari boʻyicha burmaning uz. 8 km, eni 4 km. Gumbaz yuzasi keng, qanotlari yassi. X. n. g. k. da jami 25 ta burgʻi kuduti qazilgan. Konda sanoat miqyosidagi neft uyumlari paleogen davrining yotqiziklarida ajratilgan gorizontlarda uchraydi. Ular 1300—1350 m va 1675 m chuqurlikda ochilgan boʻlib, gil, alevrolit, mergel qatchalari bilan qavatlangan qumtosh va ohaktoshlardan tuzilgan. 1957—1989-y. larda Xonqiz neft-gaz konining pastki qatlamlari sinab koʻrildi, natijada quyi boʻr davri muyan svitasida va oʻrta yura davrining terrigen yotqiziqlarida 3 ta gorizont ajratildi va gaz uyumlari mavjudligi aniqlandi. Ushbu gorizontlar qumtoshlardan tuzilgan boʻlib, konglomerat va ayrim joylarda karbonat qatchalari bilan qavatlanadi. Gorizontlarning qalinligi 35—58 m, gazlilik maydonlari 2,16 km2, 3,24 km2 va 31,4 km2 ni tashkil qiladi. Ushbu gorizontlardagi gazning kimyoviy tarkibi birbiriga yaqin. Yura davri satlam suvlari kuchli namakob hisoblanadi, ular xlorkalsiyli tipga mansub. Hoz. kunda kondan foydalanilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x