XONKELDIYEV

XONKELDIYEV Karim (1912.9.5, Andijon — 1977.18.8, Guliston, Toshkentda dafn etilgan) — Oʻzbekiston xalq artisti (1964). 1934—58 y. lar Andijon teatrida, 1958—77 y. lar Toshkent yosh tomoshabinlar teatrida aktyor. Frans Moor (F. Shiller, «Qaroqchilar»), Mavlon (A. Qahhor, «Shohi soʻzana»), Ilhom (B. Rahmonov, «Yurak sirlari»), Zavqiy (S. Abdulla, «Muqimiy»), Xolmat (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Jevakin (N. Gogol, «Uylanish») kabi obrazlarni Andijon teatri sahnasida yaratdi. Qahramonlar xususiyatini, ijtimoiy muhit bilan munosabatlarini hayotiy va real tasvirlay oluvchi oʻziga xos aktyorlardan. «Muso Jalil» (N. Isambet) da Borman, «Shum bola»da Hojibobo kabi turli xarakterdagi rollar ijro etib, aktyorlik mahoratining yangi qirralarini namoyish etdi. 1959-y. dan Toshkent televideniyesida «Yulduzcha», 1962—77 y. lar «Otalar soʻzi aqlning koʻzi» koʻrsatuvlarini olib borgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x