XOMTOK

XOMTOK — Tokni parvarish qilish usullaridan biri; kuzgi va bahorgi tok kesishning davomi. X. qilingan tok havo, yorugʻlik va quyosh nuridan toʻla foydalanadi, kasallikka kam chalinadi; novda va mevalari yaxshi rivojlanadi, pishib yetiladi, hosil koʻpayadi.

Tok, asosan, 2-marta X. qilinadi. Birinchi X. tok shoʻra chiqarib, hosilli va hosilsiz novdalar farklana boshlagandan gullagunga qadar («shoʻra xomtok»), ikkinchi X. tok gullab, gʻoʻralar moshdek boʻlganda («gʻoʻra xomtok») qilinadi. Shoʻra xomtokda kundadan oʻsib chiqqan baquvvat novdalardan 3 — 4 tasi qoldirilib (ular qarigan zanglarni yoshartirishda foydalaniladi), qolganlari kesib tashlanadi, endigina gulga kirayotgan hosilli novdalarning uchini chilpish hosildorlikni va hosil sifatini oshiradi (novdalar vaqtinchalik oʻsishdan toʻxtab, oziq moddalar shoʻra va gullarning rivojlanishiga sarf boʻladi). «Gʻoʻra xomtok» da birinchi Xomtokdan qolgan hosilsiz, ortiqcha zich va nooʻrin oʻsgan, asosiy novdalar va shu yilgi novdaning qoʻltigʻidan oʻsib chiqqan bachki novdalar olib tashlanadi.

X. ni oʻtkazish tok navi, agrotexnika tadbirlari, obhavo va yer sharoitlariga bogʻliq. Kuchli oʻsuvchi tok navlari X. qilinganda ortikcha novdalar olinib, siyraklashtiriladi. Tok oʻrtacha oʻsib, hosil yaxshi boʻlsa, novdalari tarab bogʻlab qoʻyiladi. Suyet oʻsgan tokning barg va novdalari oz boʻlib, ularni ortiqcha siyraklashtirish hosilni oftobdan zararlanishga olib kelishi mumkin. Xomtokda barglarni koʻplab va palapartish yulib tashlash yaramaydi. Chunki, barg siyraklashea, hosilli novdalarga oziq moddalarning kelishi susayadi, yulingan barg qoʻltigʻidagi kurtak zararlanadi. Xomtokdan keyin qoddirilgan novdalar tezda nam chipta bilan bagʻazlarga bogʻlanadi, aks holda ular salgina shamolda ham sinib ketadi.

Jamoliddin Fayziyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x