XOLMATOV

XOLMATOV Niyozali (1947.20.2, Qoʻrgʻontepa tumani) — miniatyurachi rassom, Oʻzbekiston BA akad. (1997), Oʻzbekiston xalqustasi (2000). Moskva badiiy sanoat bilim yurtini tugatgan (miniatyura boʻyicha, 1973). X. ish faoliyatini Moskva badiiy gravyura korxonasining tajriba lab. da boshladi (1973— 80), 1980-y. dan «Usto» birlashmasi qoshidagi maktabda mutaxassislar tayyorlash bilan shugʻullanadi; Oʻzbekiston BA ning akad. kotibi (1998 — 99), Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn intida pedagog. X. bir nechta jamoat binolarini mahobatli asarlar bilan bezadi. Firdavsiyning «Shohnoma» asari va b. badiiy asarlarga miniatyuralar turkumlarini yaratdi.

X. asarlari respublika va xalqaro koʻrgazmalar (Germaniya va b.)da namoyish etilgan, muzeylar va xususiy toʻplamlarda saklanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x