XOLID ibn VALID

XOLID ibn VALID, Xolid ibn alValid (? — 642) — qurayshiylardan boʻlgan islom sarkardasi. Dastlab Muhammad (sav)ning ashaddiy raqiblaridan boʻlib, ayniqsa, musulmonlar jamoasi uchun muvaffaqiyatsiz tugagan Uhud jangida alohida xizmat koʻrsatgan. Biroq, Rasululloh s. a. v. ning qarindoshlari boʻlgan Maymunaga uylanganlaridan soʻng, islomni qabul qilib musulmonlarning eng jasur sarkardalaridan biriga aylangan. Suriya (Shom)dagi Muʼta jangidan soʻng u «Sayfulloh» («Allohning qilichi») faxriy nomini olgan. Paygʻambar vafotlaridan keyin soxta paygʻambar Musaylima izdoshlarini shafqatsiz jazolagan, 633-y. Qodisiya jangida forslarni yenggan, 635-y. Damashqni egallagan, 636-y. Vizantiya imperatori Xerakliy (Irakliy) qoʻshinlarini Yarmuk jangida yengib, Falastin va Suriya (Shom)ni zabt qilgan. Xums sh. da vafot etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x